calendar 26 Jul 10:20
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

image

Bugun, 25 iyul kuni Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida 19 yoshdagi haydovchi va 18 yoshli yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchilar 2006 yilda tug‘ilgan A.I., 2005 yilda tug‘ilgan Z.I., 2005 yilda tug‘ilgan D.K.lar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
50
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

18 Jul 17:38
 
108
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda bogʻcha bolalarini olib ketayotgan “Damas” YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan 'Damas' yoʻl-transport hodisasiga uchragani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati'maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 16-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida sodir boʻlgan. YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.Shuningdek, avtomashina ichid

11 Jul 15:12
 
43
0
xs.uz

Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Mablagʻ topish, jamgʻarish, koʻpaytirish tobora qiyin boʻlib bormoqda. Bunday sharoitda bor manbalardan samarali foydalanish, tejamkorlik va aniqlik yanada muhim.Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor v

22 Jul 17:05
 
59
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 4 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishidan ogohlantirdi

Bildirilishicha, 23html5-dom-document-internal-entity1-minus-end26-iyul kunlari kutilayotgan yomgʻir yogʻishi sababli Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini kuzatilishi xavfi bor.Hududlar:Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.