calendar 11 Jul 15:12
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

Bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Mablagʻ topish, jamgʻarish, koʻpaytirish tobora qiyin boʻlib bormoqda. Bunday sharoitda bor manbalardan samarali foydalanish, tejamkorlik va aniqlik yanada muhim.

Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari byudjet xarajatlarining samaradorligi masalasiga alohida toʻxtalib, moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Maʼlumki, bu vazifani Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. Hozirgi tizimda faqat byudjet va maqsadli jamgʻarmalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi.

Shu bois Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosini tashqi auditdan oʻtkazish taklif etilmoqda. Bu byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi.

Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy taʼminotlar samaradorligi boʻyicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi moʻljallanmoqda.

Yurtimizda 30 mingga yaqin byudjet tashkiloti va davlat korxonalari boʻlib, ularni joyiga chiqib oʻrganishga koʻp vaqt va mablagʻ ketadi. Shuning uchun Hisob palatasida 'Masofaviy nazorat markazi' ishga tushirildi. Endi ilgʻor xorijiy tajriba asosida 36 ta risk-tahlil mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Soʻnggi yillarda hududlar rivojiga katta mablagʻlar yoʻnaltirilayapti. Lekin mahalliy kengashlar byudjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman byudjeti bilan cheklanayapti. Bu ' har bir hududga barcha manbalardan berilayotgan mablagʻlarning 65-70 foizi ularning nazoratidan chetda qolayapti, degani.

Shu bois Hisob palatasi byudjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilib borishi kerakligi qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
18
0
xs.uz

Paxtachilik iqtisodiyotning erkin tarmogʻiga aylanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov bilan suhbat.Davr shiddatkor. Bugungi yangilanishlar aqlni shoshirib qoʻyyapti. Yurtimizda kechayotgan hayotiy islohotlar esa mamlakatni, odamlarni va yurt jamolini shunchalik oʻzgartirib yubordiki, ertaga emas, bugun yaxshi yashash kerak degan tamoyil tom maʼnoda oʻzini oqlay boshladi. Ammo tan olish kerak, globallashuv jarayoni, dunyodagi turli ziddiyatlar, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat yetishmovchiligi, cho

11 Aug 03:43
 
31
0
xs.uz

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos boʻladi

Prezident tomonidan 'Probatsiya toʻgʻrisida'gi qonun imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qonunga koʻra, probatsiya ' muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon be

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Prezident xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha muhim qonunni imzoladi

Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va 'Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Uy-joy kodeksida 'hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas' deb belgilandi.Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldin

19 Jul 10:44
 
102
0
xs.uz

Toshkentda hokimlik tomonidan qurilgan avtobus bekati 3 kun oʻtmay qulab tushdi

Maʼlum qilinishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15-iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab boʻlgan.Qayd etilishicha, hodisa tunda sodir boʻlgani uchun hech bir fuqaro va yoʻlovchiga zarar yetmagan, hozirda masʼul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini koʻrgan holda maxsus avtobus yoʻlaklarida jamoat transportini kutishlari soʻraldi.Maʼlumot uchun, 2- va 5-avtobus saroyi tasarruf