calendar 11 Aug 03:43
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonovni tabrikladi

image
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni boʻyicha rekord koʻrsatkichga erishilishiga hissa qoʻshgan sportchilarimiz - bokschilar Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

'Boks boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahramonlari boʻldingiz. Yangi Oʻzbekistonning yangi yoshlariga juda katta oʻrnak, namuna boʻlayapsizlar. Yurtimiz oʻgʻlonlari nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyo hamjamiyati koʻrib turdi va men sizlardan gʻururlanaman' dedi davlatimiz rahbari.

Yigitlarimizning kechagi gʻalabalari xalqimizga juda katta mamnuniyat bagʻishlagani taʼkidlandi. Prezidentimiz yuqori natijalarga erishayotgan olimpiyachilarimizga, butun terma jamoamizga oʻzining qizgʻin salomini yetkazishni soʻradi.

Chempionlar ham Prezident va xalqimiz ishonchini oqlaganidan mamnunligini bildirib, shunday gʻalabalarga erishish imkonini bergan eʼtibor va keng sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor qildilar. Bundan buyon ham Vatan bayrogʻini baland koʻtarishda davom etishga vaʼda berdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi

2-sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yigʻildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini eʼlon qilgan va uni taraqqiyot yoʻliga olib chiqqan yetakchi ekanligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Mustaqilli

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Qamchiq dovonida Equinox yonib ketdi

 “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Equinox rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea bugun, 24 iyul kuni soat 12:55 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 254.6-kilometri qismi “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida sodir bo‘lgan.  Harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtotranspor

26 Jul 13:24
 
60
0
qalampir.uz

Prokuror suddan “Saidaziz medgorodok”ga 20 yil qamoq jazosi so‘radi

“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev ishida sud tergovi tugadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Prokuror Saidaliyevga qo‘yilgan ayblovlar o‘z isbotini topganini aytib, unga 20 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni so‘ragan. Saidaziz Saidaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  quyidagi moddalari bilan ayblanmoqda:  242-modda (Jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi;  243-modda (Jinoiy faoliya

20 Jul 13:04
 
58
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq shaxs qamaldi

2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdag