calendar 11 Apr 13:58
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Saloh Jerrardni ortda qoldirib, APL rekordini o‘rnatdi

image

“Liverpul” vingeri Muhammad Saloh Angliya chempionati tarixida “Old Trafford”da “Manchester Yunayted” darvozasiga 6 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saloh bu borada APLda Manchester klubida stadionida 5 ta gol urgan “mersisaydliklar”ning sobiq sardori Stiven Jerrardni ortda qoldirgan.

Joriy mavsumda Muhammad Saloh ingliz klubi safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etish joiz, kecha, 7 aprel kuni APLning navbatdagi turi doirasida “Liverpul” safarda “Manchester Yunayted” bilan durang 2:2 hisobida o‘ynadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 May 10:47
 
73
0
qalampir.uz

Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangining sanasi e’lon qilindi

Og‘ir vazn toifasidagi bokschilar Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) va Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuniga rejalashtirilgan. Bu haqda Saudiya Arabistonidagi Ko‘ngilochar ishlar bosh boshqarmasi raisi Turki al-Shayx ma’lum qildi. Jangchilarning birinchi to‘qnashuvi 19 may kuni bo‘lib o‘tdi va Usikning g‘alabasi bilan yakunlandi (114-113, 113-114, 115-112). Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik 37 yoshda. Ukrainalik sportchi 2012 yilgi Olimpiya

28 May 12:12
 
92
0
qalampir.uz

Ronaldu 4 ta chempionatda to‘purar bo‘lgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

“Al-Nasr”ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘rtta milliy chempionatda to‘purar maqomini olgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi shu vaqtga qadar “Real” bilan La Liga, “Yuventus” bilan A Seriya, “Manchester Yunayted” bilan Angliya Premer-ligasida va “Al-Nasr” bilan Saudiya Arabistoni chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.  “Real” safida  hujumchi uch marta L

31 May 12:15
 
15
0
qalampir.uz

“Barselona” Flikni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti

Ispaniyaning “Barselona” klubi moliyaviy muammolar tufayli yangi murabbiylar shtabini ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 29 may kuni kataloniyaliklar germaniyalik Xans-Diter Flikni bosh murabbiy deb e’lon qildi, biroq klub hozircha yangi murabbiy va uning shtabini ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti. Buning sababi – ish haqi. Klub birinchi navbatda biror futbolchisini sotib, pul topishi kerak. Shuningdek, La Liganing so‘nggi mavsumid

11 Jul 15:12
 
25
0
xs.uz

Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, 'CM' unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda 'Chess.com' xabar berdi.'Westminster Under School' talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM