calendar 11 Apr 13:58
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Barselona”ning 7 nafar futbolchisida PSJga qarshi YeCHL javob o‘yinini o‘tkazib yuborish xavfi bor

image

10 aprel kuni “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finalining birinchi o‘yinini PSJga qarshi o‘tkazadi.

“Ko‘k-anorranglilar”ning yetti nafar futbolchisi Parijda o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘ynashi kerak, chunki ular sariq kartochka olsa, javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

PSJ bilan birinchi o‘yinda sariq kartochka olsa, keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar Ferran Torres, Serxi Roberto, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Frenki de Yong, Lamin Yamal va Joau Felish hisoblanadi.

“Barselona” va PSJ o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni Kataloniyada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning hozirgi ustozi Xavi klubda qolish uchun rahbariyatga talab qo‘ygani xabar qilingandi.

Xavi klub rahbariyatidan jamoaning uzoq muddatli loyihasi bo‘yicha aniq kafolat olmoqchi va moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda klubga jalb qilmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
47
0
postda.uz

TURNIR XODIMLARNI YANADA JIPSLASHTIRDI

Musobaqaning keyingi bosqichiga poytaxtimizdagi «Jar» stadioni mezbonlik qildi. Nihoyatda qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan hal qiluvchi ushbu bosqichda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlik­ni ta’minlash departamenti jamoasi zafar quchdi. Jamoa chorak finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jamoasini 2:1, yarim finalda Namangan viloyati IIB jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Nihoyat, so‘nggi o‘yinda vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti vakillari kichik

11 Apr 14:02
 
37
0
xs.uz

O‘zbekiston vakili Niderlandiyada trampolin bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Milliy Olimpiya'qo'mitasi'ma'lumotiga ko'ra, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo'ldi.Musobaqada hamyurtimiz Mirshohid Hasanboyev kumush medalga egalik qildi. Mirshohidning final dasturidagi chiqishi 57.095 ball bilan baholandi. Qayd etish joiz, bu mazkur sport turida Jahon kuboklarida yigitlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan dastlabki medal bo'ldi. Bungacha yurtdoshlarimizdan 'Pekin-2008' yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori Yekaterina Xilko va Anna Savkin

11 Apr 14:02
 
39
0
xs.uz

Muhammadkarim Xurramov Termizda oʻtgan kurash musobaqasi bosh sovrini — avtomobilni qoʻlga kiritdi

Farhod Esonov/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyati hokimligi 21-mart ' Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz shahrida katta kurash musobaqasini oʻtkazdi. Murosasiz bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qoʻshni respublikalardan ham nomdor polvonlar qatnashdi.Musobaqaning bosh sovrini ' 'Damas' avtomobili bellashuvda mutlaq gʻolib boʻlgan sherobodlik Muhammadkarim Xurramovga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan jarqoʻrgʻonlik polvon Shermuhammad Jangr

14 May 14:34
 
16
0
qalampir.uz

“Real” Kroos, Modrich va Vaskes borasida hamon bir qarorga kelgani yo‘q

Keyingi hafta Luka Modrich, Toni Kroos va Lukas Vaskes uchun muhim bo‘ladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi. Toni Kroos va Luka Modrichning shartnomalari, avvalgi muzokaralar va mart oyidagi rejalarga qaramay, hali ham uzaytirilmagan. Bundan tashqari, “qaymoqranglilar” Lukas Vaskes bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirmoqchi. Shuningdek, “Real Madrid” uchun muhim mavzu – Andrey Lunin bilan shartnomani u