calendar 11 Apr 13:55
eye 78
comments 0
comments Manba: postda.uz

TURNIR XODIMLARNI YANADA JIPSLASHTIRDI

image

Musobaqaning keyingi bosqichiga poytaxtimizdagi «Jar» stadioni mezbonlik qildi. Nihoyatda qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan hal qiluvchi ushbu bosqichda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlik­ni ta’minlash departamenti jamoasi zafar quchdi. Jamoa chorak finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jamoasini 2:1, yarim finalda Namangan viloyati IIB jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Nihoyat, so‘nggi o‘yinda vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti vakillari kichik hisobda taslim qilindi. IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti futbolchilariga Ichki ishlar vaziri kubogi va musobaqaning oltin medallari tantanali ravishda topshirildi.

– Musobada g‘olib chi­qish oson bo‘lmadi, – deydi jamoa sardori, katta serjant Fazliddin Madaliyev. – Chunki har bir jamoa turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rgani yaqqol sezildi. Muhimi, musobaqa bizda jamoaviy ruhni kuchaytirdi, yanada jipslashtirdi. 

Kuni kecha IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-ma­yor B.Mirzarahimov turnirda munosib ishtirok etib, kubok sohibiga aylangan jamoa a’zolariga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha mamlakat kubogi musobaqasida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan safdor Jahongir Rahmatullayev, Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan universal jang bo‘yicha respublika chempionatida g‘olib chiqqan safdor Azizbek Begimov ham munosib taqdirlandi.

Qosimjon SATTOROV,

podpolkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
26
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,

09 Mar 06:34
 
24
0
xs.uz

Oksana Chusovitina – jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi (+video)

Ozarbayjonda oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz, 49 yoshli Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor boʻldi.Bugun, 8-mart kuni Boku shahrida oʻtkazilgan final bahslarida Oksana Chusovitina tayanib sakrash yoʻnalishida 13.516 ball toʻplab, hammadan yuqori natija qayd etgan holda birinchilikni egalladi.Undan keyingi oʻrinlarda sloveniyalik Teya Belak 13,366 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, 13,283 ball toʻplagan yana bir sloveniyalik gim

31 Jan 15:22
 
109
0
xs.uz

Murodjon quvib, Inoue qochib charchamayapti — Eddi Xirn. Taniqli promouter yaponiyalik bokschini kamaridan mahrum qilishni talab qilmoqda

'Matchroom Boxing' promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBA rahbarlari yaponiyalik jahon chempionidan kamarini olib qoʻyishi shartligini taʼkidladi. Bu haqida 'Boxing News' nashri xabar bergan.Britaniyalik promouterning soʻzlariga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.'Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevdan qochyapti. Uni bir emas, i

09 Mar 06:34
 
30
0
xs.uz

Nafislik va salomatlik manbai

'Sport ' nafislik va salomatlik manbai' shiori ostida o'tkazilgan musobaqalarda 150 nafarga yaqin xotin-qizlar g'oliblik uchun kurashdi.Qiziqarli kechgan bahslar yakunida stol tennisi bo'yicha Ichki ishlar vazirligi vakili M.Rahimova, shaxmat musobaqalarida Toshkent mexanika zavodi xodimi T.Qurbonova, shashka bahslarida 'O'zmetkombinat' xizmatchisi Z.Hakimova g'olib bo'ldi.Yakunda g'olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.