calendar 11 Apr 13:58
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real”ga qarshi o‘yinda “Man Siti” darvozasini kim qo‘riqlaydi?

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ”Real Madrid”ga qarshi bahsda darvozada kim turishi haqida jurnalistlar savoliga javob berdi.

“Men bu haqda o‘ylashim kerak, chunki Ederson jarohatdan qaytdi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo Shtefan ham ajoyib posbon, juda yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda”, deydi ispaniyalik mutaxasis.

Qayd etish joiz, “shaharliklar” asosiy posboni Ederson Morayes shu yilning 10 mart kuni “Liverpul”ga qarshi bahsda Darvin Nunes bilan to‘qnashuvda jarohat olib maydonni erta tark etgandi. Shundan so‘ng Ortega 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi bahs shu yilning 10 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:29
 
38
0
xs.uz

“Shunqorlar – 2025”: Bu safar gʻoliblik kimga nasib etdi?

'Yoshlar oyligi' doirasida joriy yilning 26-28-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi 'Vatanparvar' tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi uchun 'Shunqorlar' harbiy-sport oʻyinlarining Respublika bosqichi oʻtkazildi.Mazkur oʻyinlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan c

17 May 21:48
 
59
0
xs.uz

Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!

Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r

13 May 14:39
 
134
0
xs.uz

Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?

Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k

04 Jun 02:45
 
135
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.