calendar 11 Apr 13:58
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ramazonda Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim – Uill Smit

image

O‘zbek tomoshabinlariga “Hankok”, “I am lagend”, “Men in black” filmlari orqali yaxshi tanish Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qur’oni Karimni to‘liq o‘qib chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u "Big Time Podcast" dasturida so‘z ochdi.

Jurnalist Amr Adib bilan suhbatda Uill Smit hayotining so‘nggi ikki yili qiyin kechgani, bu esa uni ichki dunyosi haqida fikr yuritishga undaganini ta’kidlagan. Aktyor bu davrda barcha muqaddas kitoblarni, jumladan Qur’onni ham o‘qib chiqqan.

“O‘tgan yili Ramazon oyida Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim. Menga Qur’ondagi soddalik va ravshanlik yoqdi. Har bir kalom juda aniq va tushunarli qilib, bayon qilingan. U juda go‘zal ohangga va billur kabi soflikka ega”, degan aktyor.

Shuningdek, yulduz Qur’onning ma’nosi unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirgan. Taniqli aktyor Qur’onni to‘liq o‘qishdan o‘zingizga nima oldingiz, degan savolga, kitobda Muso alayhissalomning necha marta zikr etilganidan hayratda qolgani, buning qiziqarli ekani, payg‘ambarning qissasi va boshidan kechirgan voqealari uni junbushga keltirganini aytgan.

“Oddiyligi meni hayratga soldi... Qur’on oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni o‘qib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilik bo‘lishi mumkin emas”, degan u. 

Ma’lumot uchun, Uillard Kerroll Smit II 1968 yilning 25 sentyabrda Filadelfiyada tug‘ilgan. "Qirol Richard" filmidagi Richard Uilyams roli uchun "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida "Oskar" mukofotini olgan. Bundan tashqari u “Ekran aktyorlari gildiyasi” va "Oltin globus" mukofotlari, shuningdek, ikkita "Grammy" mukofoti sovrindori hisoblanadi. 2008 yilda Uill Smit “Forbes” talqini bo‘yicha Gollivudning eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uill Smit Oskar mukofotini topshirish marosimida davra boshlovchisi va qiziqchi Kris Rokga shapaloq tushirgandi.

Rayxona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
36
0
xs.uz

Barhayot satrlar

Yangi yil munojotiVaqtning chopqirligiga hayratim tugamasdir,Yilning oʻtishi goʻyo chaqnagan chaqmoq misol.Yil nadir, umr oʻzi aslida bir nafasdir,Eshikdan kirib shu on darchadan chiqmoq misol.Besh yuz yil yashar emish togʻ ahli bir qabila,Sabrni maslak bilib, qanoatni toat deb.Uy tiklamas emishlar birgina sabab ila,Shu ozgina umrga ranj chekmoq na hojat deb.Bu-ku bir afsonadir, aslida ahli olamOdamdek yashash istar shu besh kunlik dunyoda.Jahondan umid uzmas umri oʻtib borsa ham,Yoshi ulg

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

27 Jan 00:55
 
43
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
59
0
xs.uz

Taniqli aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvar kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan.'U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.Rahmatullayeva oʻzining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan. Unga 1992-yilda 'Oʻzbekiston xalq artisti' unvoni berilgan.'Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbi