calendar 11 Apr 13:57
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Lukashenkoning tanqidchisi tergov hibsxonasida vafot etdi

image

Joriy yilning 9 aprel kuni zaxiradagi podpolkovnik, siyosiy mahbus va tadbirkor Aleksandr Kulinich Belarusning Brest shahridagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi.

Belarus Oliy sudi veb saytida yozilishicha, Kulinich 16 aprelda Jinoyat kodeksining 368-moddasi 1-qismi ("Belarus Respublikasi Prezidentini haqorat qilish") bo‘yicha sudga tortilishi kerak edi. Mahbus sud jarayoniga 1 hafta, 52 yoshga to‘lishiga esa 2 kun qolganida yurak ishemik kasalligidan vafot etgan.  

Aniqlanishicha, Kulinich 29 fevral kuni Brestda Aleksandr Lukashenkoni haqorat qilganlikda ayblanib, hibsga olingan. Shuningdek, u Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzga, xususan, Belarusning unda ishtirok etishiga qarshi chiqqani va Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlagani ta’kidlangan. 

“Sota” Telegram-kanalining yozishicha, 2020 yil Belarusda ommaviy qatag‘onlar boshlanganidan beri mamlakat qamoqxonalarida kamida 9 nafar siyosiy mahbus vafot etgan, Kulinich esa ularning o‘ninchisi bo‘ldi. 

Xabarlarga ko‘ra, Aleksandr Kulinichning jasadi allaqachon qarindoshlariga topshirilgan. U bugun, 11 aprel – tug‘ilgan kunida Molodechnoda dafn etiladi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Kulinich 1972 yil 11 aprelda Belarusning Molodechno shahrida dunyoga kelgan. U Brest havo-desant kuchlari brigadasida xizmat qilgan. Kulinich ozuqaviy qo‘shimchalar bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ham faoliyat olib borgan.

Komila Latipova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 14:33
 
10
0
qalampir.uz

Litvada amaldagi davlat rahbari va Bosh vazir prezidentlik uchun kurashadi

Kecha, 12 may kuni Litvada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalari saylovlar ikkinchi bosqichda ham davom etishini ko‘rsatdi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi. Bugun, 13 may o‘tar kechasi ma’lum bo‘lishicha, amaldagi davlat rahbari Gitanas Nauseda va Bosh vazir Ingrida Shimonite ikkinchi bosqichda o‘tish huquqini qo‘lga kiritgan. Ko‘pchilik ovozlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Nauseda 44,54 %, Simonit esa 19,94% ovoz olga

14 May 14:33
 
4
0
qalampir.uz

Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol Prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Shimoliy Makedoniyada 8 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan Gordana Silyanovska Davkova kecha, 12 may kuni mamlakat Prezidenti lavozimini egalladi. Bu haqda MRT 1 telekanali xabar berdi. Shimoliy Makedoniya Assambleyasida Silyanovska Davkovaning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sud va ijro hokimiyati organlarining yuqori martabali vakillari, diniy arboblar va xorijiy elchilar ishtirok etdi. Silyanovska yig‘ili

14 May 14:33
 
6
0
qalampir.uz

Belgoroddagi ko‘p qavatli uyning qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Ukraina Qurolli kuchlari hujumi oqibatida Belgoroddagi o‘n qavatli pod’ezd qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. “Qutqaruvchilar Belgorodda vayronalar ostidan 15-qurbonni olib chiqdi”, deyiladi xabarda. FVVning ma’lum qilishicha, soat 6:30da Belgorodda qidiruv-qutqaruv va vayronalarni tozalash ishlari yakunlangan. Qurbonlar orasida ikki bola bor. Mutaxassislar 17 kishini qutqarishga

13 May 09:21
 
15
0
qalampir.uz

Yuliya Navalnaya eri uchun Drezden tinchlik mukofotini oldi

Tinchlik va xalqaro hamjihatlik ishiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga beriladigan Drezden tinchlik mukofoti (Friedenspreis Dresden) bugun, 12 may kuni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnayaga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. Marosim Drezden davlat drama teatrida bo‘lib o‘tdi. Drezden shahri nomidan fan va madaniyat bo‘yicha komissar Annekatrin Klepch yig‘ilganlarni qutladi. Germaniyaning sobiq prezident