calendar 11 Apr 13:56
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Britaniyada banknotlarga Charlz III ning portreti tushirildi (Foto)

image

Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ga sovg‘a sifatida uning portreti tushirilgan banknotlar taqdim qilindi. Bu haqda Angliya banki xabar berdi.

Bildirilishicha, Qirol portreti tushirilgan banknotalar ilk bor 5 iyunda muomalaga kiritiladi. Angliya banki direktori Endryu Beyli va bosh hisobchi Sara Jon Bukingem saroyida Qirolga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qilgan. Bundan buyon yangi monarx muomaladagi barcha nominallarda – 5, 10, 20 va 50 funtlik banknotlar paydo bo‘ladi.

Qirol, an’anaga ko‘ra, yangi banknotlarning birinchi nusxalarini olishi kerak. Bu monarxga 00001 raqamlari bo‘lgan banknotalar berilganini anglatadi. Charlz tasvirlangan banknotalar marhuma qirolicha Yelizaveta II tasvirlangan avvalgi banknotlar bilan bir qatorda ishlatiladi.

Ma’lumot uchun, 75 yoshli qirolning toj kiyish marosimi 2023 yil 6 mayda bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Charlz III da saraton aniqlangani haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
30
0
xs.uz

AQSH poytaxti Vashingtonda dahshatli aviahalokat sodir boʻldi

AQSH poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan toʻqnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Bu haqda 'CNN' nashri xabar berdi.Jahon axborot agentliklari xabariga koʻra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan toʻrt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir boʻlgan.Samolyot bortida 60 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytildi. Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. Aviahalokatdan 4

31 Jan 15:22
 
48
0
xs.uz

“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi

Xitoyning 'DeepSeek' nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.Bunga sabab Amerika kompaniyalarining 'OpenAI' kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrs

27 Jan 00:54
 
44
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa