calendar 15 Jun 17:23
eye 27
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina Putinning shartini muhokama qila boshladi – Volodin

image

Ukraina Oliy Radasining ayrim deputatlari allaqachon Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bosqinni to‘xtatish bo‘yicha shartini muhokama qila boshlagan. Bu haqda Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Davlat Dumasi raisining so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik deputatlar Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi ular uchun barcha masalalarni hal qilishiga qanchalik uzoq umid qilsalar, mamlakatda faqat Vashington va Bryussel uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan kam sonli fuqarolar qoladi va Ukraina hududi qisqaradi.

“Ukrainalik deputatlar o‘z fuqarolari haqida o‘ylab, davlatni saqlab qolishni istasalar, Putinning takliflarini muhokama qilishni boshlashlari to‘g‘ri. Aytgancha, parlament orqali kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy Radaning ayrim deputatlari buni allaqachon qila boshlagan”, deb yozdi Volodin.

Duma yetakchisining bildirishicha, bugungi kunda Ukrainaning yagona qonuniy sub’ekti bu – Oliy Rada va faqat u har qanday kelishuvga erishishda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, Volodin Zelenskiyning Bayden, Makron va Shols tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslari o‘z ma’nosini yo‘qotganini aytdi.

Vyacheslav Volodin endilikda Ukraina Prezidenti yo‘qligi va barcha mas’uliyatni Oliy Rada o‘z zimmasiga olishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Putin kecha, 14 iyun kuni Ukraina qo‘shinlari tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari va Zaporoje va Xerson viloyatlarining butun hududidan olib chiqilsagina muzokaralar boshlanishi mumkinligini aytgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa ushbu shart ultimatum ekanligi va undan avval mavjud bo‘lgan ultimatumlardan boshqa hech narsa yo‘qligini ta’kidladi.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:38
 
18
0
xs.uz

Ilon Mask Trampdan intervyu oldi

Ilon Maskning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan X platformasidagi muhokamasi texnik muammolar bilan boshlandi. Mask Trampga, asosan, migratsiya va inflyatsiya kabi mavzularda savollar bergan. Ushbu suhbat 40 daqiqadan koʻproqqa choʻzildi. Milliarder nosozliklarni kiber-hujum bilan bogʻladi, biroq ekspertlardan biri BBCga bunday boʻlishi mumkin emasligini aytgan. Trampni qoʻllashini yana bir bor takrorlagan Ilon Mask siyosatdagi nufuzli shaxsga aylanib

16 Jul 22:18
 
138
0
qalampir.uz

Roberta Metsola Yevroparlament raisi etib qayta saylandi

Roberta Metsola keyingi 2,5 yilga Yevroparlament raisi etib qayta saylandi. Bu haqda Yevropa parlamenti matbuot xizmati xabar berdi. Bugun, 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida 45 yoshli Metsolaga yangi saylangan qonunchilar tomonidan berilgan 623 ovozdan 562 nafari “ha” deb ovoz bergan. Bu esa kerakli ko‘pchilikdan oshib ketdi. Chaplar vakili bo‘lgan muqobil nomzod Irene Montero atigi 61 ovoz oldi. Shu bilan Metsola 2027 yilgacha Yevropa Parlamenti rahbari et

19 Jul 14:03
 
65
0
qalampir.uz

Husiylar Tel-Avivdagi nishonga zarba berganini e’lon qildi

Yaman husiylari Tel-Avivdagi nishonga zarba berdi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.  “Tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadigan yuqori sifatli operatsiya chog‘ida Tel-Avivdagi nishonga zarba berildi”, deydi husiylar vakili.  Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati Tel-Aviv markazida portlash havo nishonining qulashi oqibatida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan, biroq signal e’lon qilinmagan. Isroil matbuotiga ko‘ra, portlash

15 Jul 12:02
 
37
0
qalampir.uz

Guterrish UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jiddiy moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda, falastinliklar esa yashash uchun zarur bo‘lgan hamma narsadan, jumladan, huquqlari tan olinishidan mahrum qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yillik konferensiyada so‘z ochdi.  Bildirilishicha, UNRWA’ning 194 nafar xodimi G‘azo mojarosi vaqtida halok bo‘lgan, bu BMT t