calendar 08 Jul 10:09
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putinning Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish istagi yo‘q – ISW

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainani "demilitarizatsiya" qilish orqali uni taslim etmoqchi va unda urushni to‘xtatish niyati yo‘q. Bu haqda Amerikaning Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari xabar berdi.

Institut ekspertlarining fikricha, Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda tinchlikka erishmoqchi emas va uning Viktor Orban bilan uchrashuvidan so‘ng, Vengriya Bosh vaziri o‘zini bu masalada vositachi sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

“Putin urushni to‘xtatish va tinchlik kelishuvini imzolash o‘rniga Ukrainani “demilitarizatsiya” orqali taslim bo‘lishini va Rossiya hozirda ishg‘ol qilishga ulgurmagan muhim hududlarni ham egallashni talab qiladi”, deb yozadi ISW tahlilchilari.

Mutaxassislar Putinning ikki kun ketma-ket Ukrainaga qarshi urushda o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini rad etganiga ham e’tibor qaratdi. Ukraina ham, Rossiya ham bir-birini o‘rtada tuzilgan sulhdan qo‘shinlarni qayta to‘plash va qayta qurollantirish uchun foydalanishni ko‘zlaganlikda ayblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5 iyun kuni Orbanning Moskvaga tashrifini sharhlar ekan, ISW tahlilchilari Vengriya Bosh vaziri aftidan G‘arb e’tiborini Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan tinchlik muzokaralari imkoniyatlariga chalg‘itmoqchi ekanligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Moskvadan qaytishda samolyot bortida bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni oqilona va punktual shaxs ekanligini bildirib, agar buni 100 foiz ko‘rsatkichda baholash kerak bo‘lsa, bu keragidan ham ortiq ekanligini aytgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor – Kuleba 

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi marta rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda u Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekani, lekin bu faqat “adolatli shartlar” asosida bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. “Dmitriy Kuleba Ukrainaning izchil pozitsiyasini isbotladi, ya’ni Rossiya vijdonli muzokaralar olib borishga tayyor

15 Jul 12:02
 
62
0
qalampir.uz

Putinga suiqasdlar bo‘ldi, lekin ular muvaffaqiyatsiz tugadi – Budanov

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga urinishlar bo‘ldi, biroq ularning barchasi muvaffaqiyatsiz tugadi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov NV nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. "Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan suiqasdlar bo‘ldi , lekin ular  hozirgacha muvaffaqiyatsiz", dedi Budanov. Shuningdek, Putin o‘z doirasi uchun murosasiz shaxs yoki "hammaga mos keladigan hakammi

22 Jul 17:27
 
52
0
qalampir.uz

Rossiya Bosh prokurori Shimoliy Koreyaga bordi

Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov Pxenyanga bordi. Bu Rossiya Bosh prokurorining KXDRga ikki davlat nazorat organlari hamkorligi tarixidagi ilk tashrifidir. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi xabar berdi. Bildirilishicha, Rossiya delegatsiyasi rahbarini Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Markaziy prokuraturasi rahbariyati vakillari kutib olgan. Bir kun avval esa Rossiya Mudofaa vazirligining nazorat agentligi va Harbiy universiteti vakillari Pxenyanda Rossiya prokura

12 Jul 19:15
 
77
0
xs.uz

Sovuq urush alomati, Afgʻonistonlik qochoqlar va Baydenning “qovunlari” (+video)

Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan koʻp sonli afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildiGʻarb davlatlariga koʻchirilishi maʼqullangan oʻn minglab afgʻonlar hozirda Pokistonda qolmoqda. Islomobod bu muhojirlarni 'Noqonuniy xorijliklarni repatriatsiya qilish rejasi'ning ikkinchi bosqichi doirasida deportatsiya qilishni maqsad qilgan. Oʻtgan yildan beri 600 mingga yaqin afgʻon Pokistondan Afgʻonistonga deportatsiya qilingan.Vaziyat 2021-yilda Tolibon Afgʻonistonn