calendar 11 Apr 13:55
eye 65
comments 0
comments Manba: postda.uz

AMIR TEMUR – MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT HOMIYSI

image

Ma’naviyat va ma’rifat darsi

Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, zakiy davlat arbobi bo‘lish bilan birga, zamonasining benazir dahosi, ulkan qobiliyat va iste’dod egasi hamda ilm-fan va madaniyatning homiysi edi.

U yoshlik chog‘laridanoq, sharq tarixi, falsafa, adabiyot va san’at, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga mustahkam e’tiqod bilan qaragan. Shu bilan birga, handasa, falakiyot, mantiq, fiqh, ilohiyot, tarix, jug‘rofiya va tibbiyot ilmlarini puxta o‘zlashtirgan. Shuningdek, o‘z zamonasining rasmiy uch tili, ya’ni, turk, fors va arabchani mukammal bilgan. Sohibqironning shijoatli ruhida ilm va uning ahliga hurmat-u e’zoz kuchli bo‘lgan.

Buyuk bobokalonimizning naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Bahouddin va u yaratgan ta’limotga ixlosi baland edi. Shu bois u Xoja Shamsuddin Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu Bakr Toybodiy, Sayyid Amir Kulol va Mir Sayyid Baraka singari ulug‘ diniy allomalarni o‘ziga pir deb bilgan, ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olib kelgan.

Amir Temur ulamo va fozillarga izzat-ikrom ko‘rsatib, boshqalardan ustun va ulug‘, deb sanagan. Diniy arboblar, ulamo va shayxlar bilan mazmunli bahslar yuritgan, martabalarini har doim oshirib, sovg‘a-salomlar hadya etib kelgan.

Islom dinini, shariat qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil himoya qilgan. Ulug‘ ajdodimiz diniy ilmlar bilan birga, dunyoviy ilmlarni ham puxta o‘zlashtirdi. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo‘lmagan biron-bir sohasi bo‘lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur «Temur tuzuklari» ham misol bo‘la oladi.

Eng muhimi, Amir Temur buyukligining zamirida uning ma’naviy sifatlari yotadi. Sohib­qiron bobomizning ma’naviy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari markazida islom ta’limoti, Qur’oni karim, Hadisi sharif, tavhid, tafsir, fiqh, tasavvuf ilmi va falsafasi turganligi ayni haqiqatdir.

Shuningdek, u o‘z millati madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarini chuqur bilganligi va astoydil hurmat qilganligi haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, qadimiy Turon va Turkiston xalqlari davlatchiligi masalasida keng bilim va ma’lumotlarga ega sanalgan. Shu sababli ham buyuk vatando­shimiz mislsiz yorqin tarixiy shaxs sifatida o‘zini tarbiyalagan, o‘ziga ma’naviy oziq bergan, ulkan ishlarga chorlagan el-yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga katta qiziqish bilan qaragan. Sharq donishmandlari hisoblanmish Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ mutafakkirlarning tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlaridan to‘liq xabardorligi bugun hech kimga sir emas.

Sohibqiron Sharqona an’­analarga sodiq qolib, doimo olimlar, faylasuflar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislar, hokimlar, amirlar, vazirlar, mashhur va taniqli san’at ustalari, turfa kasb egalari bilan kengashib, ularning maslahatlarini olib, ish yuritgan.

Olim-u fuzalolar, diniy ulamo va allomalar boshini doimo silab turganligi bois, firdavsmonand poytaxt Samarqand jahon ilm-fani va madaniyatining gultoji hisoblangan faylasuflar, fiqhshunoslar, tarixchilar, musiqashunoslar, munajjimlar, muhaddislar, mutasavvuflar maskani hisoblangan. Mavlono Abdumalik, Sayyid Sharif Jurjoniy, Hoji Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Sa’diddin bin Umar Taftazoniy va boshqa allomalar Amir Temur rahnamoligida unumli ijod qilib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan. Mazkur dalillar Amir Temurning dunyo­qarashi, din, odob-axloq, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi fikr va mulohazalari asossiz paydo bo‘lmaganligidan darak beradi.

Shaxsan Amir Temurning o‘zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biri sanaladi. Uning saltanati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo‘g‘rilgan saltanat edi. Ma’naviyat va ma’rifat, din, odob-axloq haqidagi Amir Temur ta’limotining mohiyatini chuqur va mukammal bilib olish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u haqda yozgan asarlarini ko‘zdan kechirish kifoyadir. «Temur tuzuklari», «Amir Temur o‘gitlari», «Amir Temur vasiyati», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Salohiddin Toshkandiyning «Temurnoma»,

B. Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur», Yevgeniy Berezikovning «Buyuk Temur», Ashraf Ahmedovning sohibqiron tarjimayi holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Sohibqironning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti asoslari, murakkab va serqirra hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati uning «Tarjimayi holi»da va «Tuzuklari»da chuqur bayon etilgan. Amir Temurning insonparvarligi, millatsevarligi, ma’naviyat va ma’rifatning jonkuyar homiysi sifatidagi insoniy fazilatlari uning farzandlariga qoldirgan vasiyat so‘zlarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘lgan.

Ma’rifat va ma’naviyat homiysi – Amir Temur sofdil kishilar, olim va fozillarga dargohi ochiq bo‘lgan, nafsi yomon, ko‘ngli buzuq kimsalarni esa o‘ziga yaqinlashtirmagan. Har kimning qadr-qimmatini amaliy faoliyati, odob-axloqi, iymon e’tiqodiga qarab o‘lchagan. Shu tariqa, sohibqiron bobomiz adolat, qadr-qimmat, or-nomus, burch, mas’uliyat, vijdon, iymon-e’tiqod, halollik, fidoyilik singari ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida necha-necha avlod-u ajdodlarga dastur va yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladigan ta’limotlar yaratgan va hayotga shaxsan o‘zi joriy etgan.

Shunday qilib, Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o‘gitlarining har biri mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida o‘rin tutadi. Ularni ulkan xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. 

Shu bois ular xalqlarni bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona xazinadir. Bu ulkan ma’naviyat va ma’rifat bo‘stoni buyuk Temurning mamlakatda tinch­lik-osoyishtalik o‘rnatish, fan va madaniyatni rivoj­lantirish, xalqlar o‘rtasida buzilmas do‘stlik, mehr-shafqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalashda mustahkam poydevor sifatida yaratilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
36
0
xs.uz

Barhayot satrlar

Yangi yil munojotiVaqtning chopqirligiga hayratim tugamasdir,Yilning oʻtishi goʻyo chaqnagan chaqmoq misol.Yil nadir, umr oʻzi aslida bir nafasdir,Eshikdan kirib shu on darchadan chiqmoq misol.Besh yuz yil yashar emish togʻ ahli bir qabila,Sabrni maslak bilib, qanoatni toat deb.Uy tiklamas emishlar birgina sabab ila,Shu ozgina umrga ranj chekmoq na hojat deb.Bu-ku bir afsonadir, aslida ahli olamOdamdek yashash istar shu besh kunlik dunyoda.Jahondan umid uzmas umri oʻtib borsa ham,Yoshi ulg

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

27 Jan 00:55
 
43
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
40
0
xs.uz

CNN: Oʻzbekiston keyingi yirik meʼmorchilik yoʻnalishiga aylanadimi?

AQSHning mashhur CNN nashrida chop etilgan maqolada Oʻzbekiston arxitekturasiga boʻlgan eʼtibor ortib borayotgani va mamlakat yangi arxitektura manzili sifatida shakllanayotgani haqida soʻz borgan. Mazkur maqola Oʻzbekistonning jahon madaniy va arxitektura makonida oʻz oʻrnini mustahkamlab borayotganiga ishora qilib, kelajakdagi imkoniyatlarni ochib beradi.Maqolada qayd etilishicha, Toshkent shahridagi brutalizm, oriyentalizm, modernizm va futurizm kabi turli uslublar meʼmoriy boylikning