calendar 14 Mar 07:23
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Makron, Shols va Tusk 15-mart kuni Berlinda Ukraina boʻyicha uchrashuv oʻtkazadi

image
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk 15-mart kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda 'Politico' gazetasi oʻz manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr qayd etishicha, kunning ikkinchi yarmida fransuz va nemis siyosatchilari ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazadi, soʻngra ularga Polsha bosh vaziri ham qoʻshiladi. 'Politico' bu 'Veymar uchburchagi'ning 2023-yil dekabrida Tusk hukumat rahbari lavozimini egallaganidan beri birinchi uchrashuvi boʻlishini bildiradi.

Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad OAVda kelishmovchiliklar kuchayayotgani haqidagi xabarlar fonida Ukraina muammosi ustida ishlashda yetakchilarning birligini namoyish etishdan iborat. Hujjatlarni imzolash yoki aniq kelishuvlarni eʼlon qilish rejalashtirilmagan.

Shu yilning 1-mart kuni 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols oʻzaro munosabatlarining boshidanoq bir-birlari bilan til topisha olmagani, Fransiya rahbarining fikricha, nemis hamkasbiga jasorat va ambitsiya yetishmayotgani yozgandi. Uning soʻzlariga koʻra, ikki yetakchi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar Ukrainadagi mojaroning borishiga 'taʼsir qilishi' mumkin.

Avvalroq, 'Financial Times' gazetasi Fransiya va Germaniya oʻrtasidagi Kiyevga harbiy yordam boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan adovat Ukrainaga qurol yetkazib berishni moliyalash uchun Yevropa Ittifoqi jamgʻarmasini yaratishga toʻsqinlik qilayotganini taʼkidlagan edi. 'Politico' gazetasi, oʻz navbatida, Makron va Shols oʻrtasida Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatish masalasi boʻyicha kelishmovchiliklar ochiq mojaroga aylana boshlaganiga ishora qildi.

'Veymar uchburchagi' 1991-yil avgust oyida tashkil etilgan Germaniya, Fransiya va Polsha oʻrtasidagi uch tomonlama formatdir. Dastlab u Polshani Yevropa Ittifoqi va NATOga yaqinlashtirish vositasi sifatida ishlab chiqilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 18:36
 
18
0
qalampir.uz

Xarkov uchun jang urushdagi burilish nuqtasi bo‘ladi – “Politico”

Rossiya qo‘shinlarining Xarkov viloyatidagi hujumi urush natijasi uchun burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi jangning boshlanishidir. Bu haqda Amerikaning “Politico” nashri xabar berdi.  “Gap nafaqat Kiyevning Ukrainaning ikkinchi yirik shahri ustidan nazoratini davom ettirayotgani, balki G‘arbning Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qat’iyati haqida ham ketyapti”, deb yozadi gazeta. &ldqu

16 May 14:24
 
11
0
qalampir.uz

Markaziy Osiyoni bo‘lib tashlashga intilayotgan kuchlarga qarshi birgalikda kurashish kerak – To‘qayev

north_east Markaziy Osiyoga tashqi kuchlar tomonidan bosim bo‘lyapti – O‘zbekiston Xavfsizlik Kengashi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar berdi. Qosim-Jomart To‘qayev delegatsiyalar rahbarlarini qutlar ekan, Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining birinchi yig‘ilishi tashqi v

14 May 14:33
 
20
0
qalampir.uz

Bishimbayev ishi: Qozog‘istonda feministlarning norozilik namoyishi boshlandi (video)

Avvalroq, Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topilib, 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng, Olmaotada "Feminita" harakati a’zolari ushbu sud hukmiga nisbatan o‘z noroziligini bildirib, namoyish boshladi.  Bu haqda "Orda" nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, faollar sobiq amaldorga umrbod qamoq jazosi berilishini talab qi

10 May 13:30
 
28
0
qalampir.uz

Rafahga hujum sabab AQSH Isroilga uch mingdan ortiq bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSH hukumati aprel oyining oxiri – may oyining boshida Isroilga 3,5 ming bomba yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 8 may kuni manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden 1,8 ming 2000 funtlik bomba va 1,7 ming 500 funtlik bomba yetkazib berishni G‘azo sektori janubidagi milliondan ortiq tinch aholi yashaydigan Rafah shahriga hujumda qo‘llanilishi mumkinligidan qo‘rqib, to‘xtatib qo‘ygan. NYT manba