Avvalroq, Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topilib, 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergandik.
Shundan so‘ng, Olmaotada "Feminita" harakati a’zolari ushbu sud hukmiga nisbatan o‘z noroziligini bildirib, namoyish boshladi. Bu haqda "Orda" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, faollar sobiq amaldorga umrbod qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda.
Ular qo‘llariga “Bishimbayevga umrbod qamoq”, "Sukut bizni qutqarmaydi" singari yozuvlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olishgan.
“Nega qotilga umrbod qamoq jazosi berilmadi? Bu juda yumshoq jumla. Buni his qiling – ayol sakkiz soat azob chekkan. Biz adolat talab qilamiz!" degan tashkilot asoschilaridan biri Janar Sekerboyeva.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev qiynoq, shafqatsiz qotillik va jinoyatni yashirish moddalari bo‘yicha sudlangan. Uning amakivachchasi Baxitjan Bayjanov ham qotillikni yashirganlikda ayblanib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.