calendar 16 Jul 16:17
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda

image

Joriy yilda Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tranzitini, shuningdek, turkman va o‘zbek gazining Xitoyga tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi.

“2023 yil oktyabr oyida Rossiya gazining O‘zbekiston Respublikasiga tranziti boshlandi. 2023 yilda 1,28 milliard kub metr tashilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3,8 milliard kub metrga va keyinchalik yiliga 11 mlrd kubometrga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Satkaliyev hukumat yig‘ilishida.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va O‘zbekiston gazining Xitoyga tranziti “barqaror o‘sish”ni ko‘rsatmoqda.

Satkaliyevning aytishicha, Qozog‘iston joriy yilda tranzitni 37,1 milliard kub metrga oshirishni rejalashtirmoqda.

Asosiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, Xitoyga nisbatan o‘sish +1,5 milliard kubometrni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazining Qirg‘izistonga tranzitini oshirish masalasi muhokama qilinmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
67
0
qalampir.uz

AQSHning Germaniyadagi qurollari urushning oldini olishga yordam beradi – Shols

Germaniya kansleri Olaf Shols 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urushning oldini olish deb atadi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni Berlinda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan uchrashuvdan so‘ng so‘z ochdi. “U to‘xtatuvchi ta’sir tufayli xavfsizlikni oshiradi, chunki siz orqa tomondan hujum qila olmaysiz. Biz har doim urushning oldini olishga harakat qilamiz”, deydi kansler. Bundan tashqari, Shol

16 Jul 09:32
 
102
0
qalampir.uz

Xitoy FATH va HAMAS vakillarini qabul qiladi – NYT

Xitoy hukumati kelasi hafta Pekinda HAMAS va FATHning yuqori martabali vakillarini qabul qiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi. Qayd etilishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya keyingi hafta harakat delegatsiyasi bilan birga Xitoy poytaxtiga boradi. O‘z navbatida, FATH delegatsiyasi tarkibiga harakatning uchta yuqori martabali vakili, jumladan, FATH raisi o‘rinbosari ham kiradi. FATH va HAMAS vakillari bir qator uchrashuvlarda harakatlar o‘rtasida

16 Jul 22:55
 
186
0
qalampir.uz

Makron Fransiya harbiylarini “ertangi urushga” tayyorlanishga chaqirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ertangi urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Prezident kecha, 14 iyul kuni milliy bayram munosabati bilan fransuz armiyasining yuqori saflariga yo‘llagan an’anaviy murojaatida so‘z ochdi. Fransiya Prezidenti Ukraina mojarosidan olingan saboqlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlab, armiyani qayta qurollantirishni tezlashtirishga va 2025 yilgi harbiy dasturga tuzatishlar tayyorlashga chaqirdi. Tuzatish faqat tafsilotlar va mablag‘la

14 Aug 06:38
 
17
0
xs.uz

Tomas Bax XOQ rahbariligiga yangi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi

Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax 2025 yilning mart oyida yangi muddatga saylanmasligini e'lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.2024 yil iyul oyida Parijda bo'lib o'tgan XOQ 142-sessiyasida Olimpiya Xartiyasiga Baxga o'z vakolatlarini kengaytirish va yangi muddatga saylanish imkonini beradigan tuzatish rad etildi. XOQ 141-sessiyasida tashkilotning bir qancha a'zolari shunday tashabbus bilan chiqqan edi.Endi XOQ yangi rahbari uchun saylov 2025 yil mart oyida Gretsiyada bo'lib o't