calendar 12 Jul 13:51
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden Zelenskiyni yanglishib Putin deb chaqirdi (video)

image

AQSH yetakchisi Jo Bayden kecha, 11 iyul kuni Vashingtondagi NATO sammiti paytida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanishtirayotganda yanglishib Prezident Putin deb chaqirdi. Bu haqda “The Hill”  xabar berdi.
 

“Endi men so‘z navbatini katta jasoratga ega bo‘lgan, qat’iyatli Ukraina Prezidentiga topshirmoqchiman. Xonimlar va janoblar, Prezident Putin”, degan Bayden.

Shundan so‘ng, xatosini tushunib yetgan Jo Bayden “u Prezident Putinni mag‘lub etadi, Prezident Zelenskiy”, deya so‘zini to‘g‘rilagan.

Ukraina Prezidenti esa “men yaxshiroqman” deya minbarga yaqinlashgan. AQSH Prezidenti ham, o‘z navbatida “ha, siz ancha yaxshiroqsiz”, deya javob qaytargan.

“Baydenning katta tadbirda adashishi, hattoki, munosabatlari keskinlashgan davlatlar rahbarlarining ismini adashtirib yuborgani OAVning katta e’tiborini tortdi. Chunki u joriy yilning iyun oyidagi halokatli debatlardan so‘ng, noyabr oyida ba’zi demokratlarning partiyadan nomzod sifatida chetga chiqish haqidagi chaqiriqlarini rad etayotgandi. Endi esa vaziyat qiyinlashishi mumkin”, deya yozgan nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng Bayden tibbiy ko‘rikdan o‘tgandi. Shuningdek, Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emasligi hamda ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimaganligini aytib chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

19 Aug 07:04
 
37
0
xs.uz

Kurskdagi vaziyat: Tahlilchilar nima demoqda?

Mahalliy Telegram kanallar Rossiyaning turli shaharlarida bepul turarjoy takliflarini ko'paytirdi va hukumat evakuatsiya qilinganlarga kompensatsiya sifatida bir martalik 100 AQSH dollaridan ko'proq mablag' taklif qilgan. Jiddiy shikastlanganlarga esa 6500 AQSH dollari berilishi aytilgan.Rossiya ommaviy axborot vositalari ukrainaliklarning muvaffaqiyatini beixtiyor tan oldi. 'Zelenskiy rejimi kuchli qadam tashladi, natijada biz uchun unchalik ma'qul bo'lmagan xulosa va oqibatlar olib keldi', deg

20 Jul 12:27
 
57
0
qalampir.uz

Zelenskiy ham Tramp bilan uchrashadi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 19 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social’dagi sahifasida yozdi. “Prezident Zelenskiy bilan bugun juda yaxshi telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Sizning keyingi prezidentingiz sifatida men dunyoga tinchlik o‘rnataman va ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va son-sanoqsiz begunoh oilalarni vayron qilgan urushga barham beraman. Har ikki tomon

26 Jul 21:26
 
105
0
qalampir.uz

AQSHda dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada kecha, 25 iyul kuni AQSH federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi. 76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSH qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga oling