calendar 14 Mar 07:22
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

image
Ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligida oʻtgan yigʻilishda Prezidentlar ' Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarimiz doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgani, ular tomonidan koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berilgani taʼkidlandi.

Soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash oshib bormoqda. Oʻtgan yili uning hajmi 757 million dollarga yetdi. Kelgusida oʻzaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda barcha choralarni koʻrish lozimligi, bunga sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport-logistika sohalarida qator qoʻshma loyihalarni izchil amalga oshirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston'Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun chegara hududlarida ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, agrosanoat, toʻqimachilik, farmatsevtika, kimyo, metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni ishga solish lozimligi belgilandi.

Majlisda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini berayotgani, ayni paytda Oliy darajadagi uchrashuv arafasida Oʻzbekiston'Tojikiston ikkinchi hududlararo forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgani maʼlum qilindi.

Tomonlar qishloq xoʻjaligi sohasida ham hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat chegaradosh hududlarida qoʻshma qishloq xoʻjaligi klasterlarini tashkil etish va hamkorlikda tadqiqotlar oʻtkazishdan manfaatdorligini bildirdi.

Transport-kommunikatsiya sohasi qoʻshma savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, doʻst xalqlarimiz oʻrtasidagi birodarlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda esa madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik muhim omil boʻlishi qayd etildi.

Tadbir soʻnggida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 11-yigʻilishi bayoni imzolandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:35
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 22-aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 23-25html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayr

09 Mar 02:05
 
46
0
xs.uz

Mahallasida birorta ishsiz qolmagan rais Qashqadaryoning “Eng namunali mahalla raisi” boʻldi

Jahongir Boymurodov/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyat musiqali-drama teatrida 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.Maʼlumki, mamlakatimizda bu yil ilk marotaba 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning Qashqadaryo viloyati bosqichida 16 nafar nomzod gʻoliblik uchun bellashdi. Bu bosqichda ishtirokchilar uchta shart ' amalga oshirilgan ishlar taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari boʻyicha savol-javoblar hamda muammoli vaziyatlarga yechim t

07 Mar 20:11
 
51
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yaponiyaga bordi

Kecha, 6 mart kuni rasmiy tashrif bilan Yaponiya poytaxti Tokioga borgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi. "O‘zbekistonning Yaponiyadagi yaqin do‘sti, Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso janoblari bila

11 Apr 20:33
 
79
0
qalampir.uz

3 oy ichida tez yordam xizmatiga eng ko‘p chaqiriq vodiy viloyatlaridan kelgan – SSV 

O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-mart oylarida tez yordam xizmatiga jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, chaqiruvlarning aksariyatini, ya’ni 2 million 205 ming 296 tasini shoshilinch ko‘rsatma tashkil qilgan. Shuningdek, 812 ming 247 ta surunkali kasalliklar va 19 ming 114 ta tug‘uruq chaqiriqlari bo‘lgan. Eng ko‘p murojaatlar: Toshkent shahri – 330 919 ta; Farg‘ona viloy