calendar 09 Mar 02:05
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mahallasida birorta ishsiz qolmagan rais Qashqadaryoning “Eng namunali mahalla raisi” boʻldi

image
Jahongir Boymurodov/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyat musiqali-drama teatrida 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, mamlakatimizda bu yil ilk marotaba 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning Qashqadaryo viloyati bosqichida 16 nafar nomzod gʻoliblik uchun bellashdi. Bu bosqichda ishtirokchilar uchta shart ' amalga oshirilgan ishlar taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari boʻyicha savol-javoblar hamda muammoli vaziyatlarga yechim topish boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Koson tumanidagi 'Regzor' MFY raisi Hamza Oʻrinov 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Kitob tumanidagi 'Nurafshon' MFY raisi Alisher Rasulovga, uchinchi oʻrin esa Shahrisabz tumanidagi 'Qutchi' MFY raisi Gulchehra Imomovaga nasib etdi. Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlari hamda faol ishtirokchilariga diplomlar, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

' Bugun mahalla masʼullari oldiga qoʻyilgan eng muhim talablardan biri bandlik masalasi hisoblanadi, ' deydi tanlov gʻolibi Hamza Oʻrinov. ' Soʻnggi uch-toʻrt yil ichida mahallamiz faollari bilan birgalikda ish bilan band boʻlmagan fuqarolarimizning hududdagi yirik sanoat korxonalariga ishga joylashishiga koʻmaklashdik. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ishlarimiz ham salmoqli boʻldi. Natijada ayni paytda mahallamizda birorta ham ishsiz fuqaro qolmadi. Aynan shu sohada amalga oshirgan ishlarimiz taqdimoti bugungi tanlov gʻolibligini qoʻlga kiritishimda ham asosiy omil boʻldi, desam xato boʻlmaydi.

Tanlovda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
26
0
xs.uz

Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo

29 Oct 20:49
 
14
0
xs.uz

Saylov jarayonlari davom etmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'

09 Oct 12:39
 
32
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta

10 Oct 10:16
 
31
0
xs.uz

Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi

Qayd etilishicha, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qoʻl terimi uchun) 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelingan. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqarayotgan edi.'Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab