calendar 11 Jul 15:12
eye 98
comments 0
comments Manba: xs.uz

Endi diplomi yoʻqlar ham oʻqituvchilik qilishi mumkin

image
Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan:

Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;

reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

2024'2026-yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan ota-onalar va oʻquvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyiladi hamda ularning xalqaro taʼlim standartlariga mos taʼlim dasturlari 'Ibrat farzandlari' va 'Ustoz' loyihalariga tatbiq etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 15:43
 
61
0
xs.uz

Andijonda qarzdorning “Malibu”si onlayn-auksionga qoʻyilmoqda

'Bugungi kunda har qanday qarz garovga asoslanishi taqozo etilmoqda. Qarz oluvchi shartnomadagi majburiyatini bajarmasa sud undiruvi garovdagi mulkka qaratiladi', deydi u.Xususan, Majburiy ijro byurosi Boʻston tuman boʻlimi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi sudning ijro hujjati kelib tushgan boʻlib, unda ATB 'K.' foydasiga qarzdor Д.Ш.дан jami 308,7 mln soʻm undirish hamda undiruvni javobgarga tegishli 'Malibu' rusumli avtotransport vositasiga qaratilishi koʻzda koʻrsatilgan.Qar

15 Jul 12:03
 
73
0
qalampir.uz

Andijondagi Shaxrixonsoydan noma’lum qizning jasadi topildi (video)

Andijon viloyatida sel oqibatida odam vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari kapitan Hayotbek Rahimov bilan bog‘landi. Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham viloyatdagi Shaxrixonsoydan voyaga yetmagan qizning jasadi topilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh

19 Jul 10:45
 
55
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir qarorni imzoladi

Qarorga koʻra, mehnatkash va bagʻrikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkaziladi.Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, 'Mehribonlik', 'Saxovat' va 'Muruvvat' uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj

26 Jul 11:47
 
91
0
xs.uz

DXX giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi 'Sardoba' YPX maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.Unda, 'Toshkent-Jizzax' yoʻnalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi 'Cobalt' rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.Natijada, avtomashina yukxonasiga 3080 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vosit