calendar 07 Mar 23:05
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Gazprom” gazini O‘zbekistonga qanchaga pullagani ma’lum bo‘ldi

image

O‘zbekiston har 1000 kub metr gazni taxminan 160 AQSH dollaridan sotib olmoqda. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, O‘tgan yili O‘zbekiston jami 1,22 mlrd kub metr rus gazini import qilgan. Bu esa Ukrainadagi urush sabab Yevropaga gaz yetkazib berishning to‘xtashi fonida Markaziy Osiyo davlatlari “Gazprom” uchun yagona yo‘nalish bo‘lib qolayotganini bildiradi. Jumladan, kompaniya 2023 yilda O‘zbekistonga 1000 kub metr gazni taxminan 160 AQSH dollaridan yetkazib bergan. Bu Turkiya yoki Xitoyga eksport narxidan ancha past.

Qayd etilishicha, 2023 yilda “Gazprom” Qozog‘istonga qariyb 7,25 mlrd kub metr va Qirg‘izistonga 0,39 mlrd kub metr gaz yetkazib bergan.

“O‘zbekistonga yetkazib berish narxi Turkiya (1000 kub metr uchun taxminan 270 – 280 dollar) va Xitoyga (1000 kub metr uchun 260 – 270 dollar) eksport narxlaridan sezilarli darajada past. Shunga qaramay, joriy narx “Gazprom”ga har 1000 kub metrdan 20 – 22 dollar foyda olish imkonini beradi”, degan Rossiya Energetika va moliya instituti xodimi Sergey Kondratev.

O‘zbekiston rasmiylari Rossiyadan gaz importi bo‘yicha shartnoma shartlarini tijoriy sir vaji bilan batafsil ochiqlamagan.

“Kommersant’”ning yozishicha, O‘zbekistonda gaz qazib olishning qisqarishi sababli Rossiyadan import qilish keyingi yillarda ham davom etadi. Ayni paytda O‘zbekistonning Xitoyga yiliga 10 mlrd kub metr gaz eksport qilish bo‘yicha shartnomasi mavjud bo‘lib, bu to‘liq hajmda bajarilmayapti.

Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, Rossiya gazining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit hajmi 2026 yildan boshlab, dastlab rejalashtirilganidan 4 barobarga ko‘paytirilib, 3 mlrd kub metrdan 11 milliard kub metrgacha oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston ilk marta Rossiyadan gaz import qila boshladi. “UzGasTrade” va “Gazprom” o‘rtasida yiliga 2,8 mlrd kub metr yoki kuniga 9 mln kub metrgacha gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Shundan keyin tomonlar o‘rtasida o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha muzokaralar boshlangan.

2024 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, shimoldan import qilinadigan tabiiy gaz hajmi kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshiriladi. Respublika magistral gaz tizimini bunga tayyorlash uchun tashqi qarzlar hisobidan 500 mln dollar ajratish reja qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
11
0
xs.uz

Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda

Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50

13 Jun 00:39
 
66
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

21 Apr 08:34
 
1170
0
xs.uz

Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi

Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen

04 Jun 02:45
 
105
0
xs.uz

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi