calendar 07 Mar 20:14
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buxorodagi “Universal” majmuasi futzal boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

image
Istam Ibrohimov/'Xalq soʻzi'. Xabaringiz bor, futzal boʻyicha joriy yilda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.

Eʼtiborlisi, FIFA tasnifidagi ushbu nufuzli musobaqa mamlakatimizda birinchi marta oʻtkaziladi. Binobarin, u yurtimiz sport tarixidagi muhim voqea sanaladi.

Ushbu nufuzli turnirdagi bir necha uchrashuv Buxoro shahrida qad rostlagan 'Universal' sport majmuasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Ayni damda bu yirik inshootda qurilish-bunyodkorlik yumushlari yakuniy bosqichda. Loyihaga muvofiq, toʻrt ming tomoshabinga moʻljallangan manej barpo etildi. Qator sport turlariga ixtisoslashgan seksiyalar, oʻquv-mashgʻulotlar zali, yuvinish-kiyinish, sport jihozlarini saqlash xonalari shay holatga keltirilmoqda. Sunʼiy qoplamali futbol maydoni ham qurilyapti. Yugurish yoʻlaklari, avtoturargoh va boshqa qulayliklar bu yerda sportning oʻndan ziyod turi bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradi.

'Universal' futzal boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishidan tashqari, buxoroliklar hamda shahar mehmonlari bajonidil tashrif buyuradigan inshootga aylanishi kutilyapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,

20 Mar 12:50
 
34
0
postda.uz

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar

16 Apr 15:12
 
49
0
xs.uz

“Noodatiy faktlar, fikrlar hamda remontadaga ishonch”: Real Madrid 61-yillik sovuq anʼanasiga nuqta qoʻya oladimi?

Kecha tunda Yevropa Chempionlar ligasining dastlabki yarim finalchilari nomi maʼlum boʻldi. Kataloniyaning 'Barselona' klubi safarda Dortmundning 'Borussiya' klubiga qarshi saf tortdi. Qiyin kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsada, ikki oʻyin natijasiga koʻra 3:5 hisobida Ispaniya klubi turnirning yarim final bosqichiga yoʻl oldi. Hansi Flik shogirdlari joriy yil boshidan buyon ilk magʻlubiyatini qabul qilib olishdi. Shu tariqa Kataloniya klubining 24 oʻyinl

04 Apr 16:20
 
43
0
xs.uz

“Osiyo futbolining darajasini ortiqcha baholamaslik kerak” — Qozogʻiston bosh murabbiyi Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqishga yaqinligi haqida gapirdi

Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yoʻllanmasiga yaqinlashgani borasida oʻz fikrlarini bildirdi.'U sportnews.kzga bergan intervyusida'Markaziy Osiyo terma jamoalari saralashdagi ishtirokiga toʻxtalib oʻtdi.Aliyev Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida qatnashib, mintaqadagi jamoalarning uslubi va natijalari haqida gapirar ekan Markaziy Osiyo davlatlarining mundialga bo