Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” turnirida muddatidan oldin chempion boʻldi

U musobaqa yakuniga bir tur qolganida asosiy taʼqibchisi eronlik Parxam Maxsudluni magʻlub etdi va oradagi farqni 1,5 ochkoga oshirib oldi.
Ayni paytda Nodirbekda 8 imkoniyatdan 6 ochko bor. Uning eng yaqin taʼqibchilari esa 4,5 ochko jamgʻargan. Shu bois oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar hamyurtimizdan biror shaxmatchi oʻtib keta olmaydi.
Ushbu gʻalabadan soʻng Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari onlayn reytingida toʻrtinchi oʻringa chiqib oldi. Undan oldingi pogʻonalarda Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSH) va Hikaru Nakamura (AQSH) turibdi. Shaxmat tojining amaldagi sohibi Ding Lijendan (Xitoy) esa beshinchi pogʻonadan joy olgan.
Ayni paytda Nodirbek Abdusattorovning hisobida 2765.5 reyting ochkosi bor.
Oʻzbekiston — Qatar uchrashuvining birinchi boʻlimidan fotoreportaj
Bugun, 10-iyun kuni 'Bunyodkor' stadionida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining soʻnggi uchrashuvida Qatarga qarshi maydonga tushdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri uchrashuvning birinchi boʻlimidagi yorqin lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.''''''''''''''''''Mazkur oʻyin tugagach, tarixiy natija qayd etib, xalqimizni xursand qilgan milliy terma jamoamiz aʼzolarini taqdirlash marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xasan PAYDOYEV, Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'
Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d