calendar 07 Mar 20:13
eye 102
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

image
Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzining iqtidori, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart ' Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Gʻ.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

'

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

'

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ'111-son qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R Oʻ Y X A T I

Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi oʻqituvchisi

Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

Suleymanova Oʻgʻilxon Abdurazok qizi - Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Andijon viloyati boʻlimi artist-maqomchisi

Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani 'Gara guri' mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi

Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti

Toʻxtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani oʻqituvchisi

Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi - Oʻzbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)

Xojiboqiyeva Niginaxon Oʻtkir qizi - Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti

Eshpoʻlatova Mohira Oʻtkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi (Navoiy viloyati)

Omonboyeva Meruyert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 'Qosimqaji-Meruyert' masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

Xakimova Dilshoda Oybek qizi - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Savadyan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi, badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani 'Qoʻshchinor' gazetasi muxbiri

Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)

Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)

Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi

Tursunboyeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)

Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi boʻyicha 2-bosqich magistranti

Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish boʻyicha sportchisi

Yoʻldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Fargʻona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi

Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Sapayeva Risolat Rustam qizi - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi

Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi oʻqituvchisi

Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya sanʼati fakulteti 1-bosqich talabasi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
39
0
xs.uz

270,3 million yoʻlovchi… Toshkent metropolitenidan foydalanish 57 foizga oshdi

2024-yilda Toshkent metropolitenida jami 270,3 million nafar yoʻlovchi tashildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi. Ushbu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 98,3 million nafar yoki 57,2 foizga oshgani qayd etilgan.Metropolitenda yoʻlovchilar oqimi oxirgi yillarda izchil oʻsish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Agar 2020-yilda faqat 38,8 million nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqam 101,8 millionga yetdi. 2022-yilda esa 136,7 million yoʻlovchi xizmatdan foy

31 Jan 15:20
 
48
0
xs.uz

Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo

31 Jan 15:20
 
36
0
xs.uz

Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi. Deputat 23-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida qoldirgan xabari tufayli keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oq

27 Jan 00:53
 
40
0
xs.uz

Oʻzbek paxtasining boshlangʻich narxi Nyu-York birjasi bilan belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, paxta bozorida yangi bozor tamoyillari joriy etiladi.Endilikda paxta xomashyosi narxi Nyu-York birjasidagi oxirgi 6 oylik oʻrtacha fyuchers kotirovkalari asosida belgilab boriladi. Bu narx har yili 1-noyabrda eʼlon qilinadi. 2025-yil hosili uchun esa 1-fevralda eʼlon qilinishi belgilan