calendar 07 Mar 20:11
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

16 yashar qizni fohishalikka majburlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 16 yashar qizni fohishalikka majbur qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga "Istiqbolli avlod" NNT orqali Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan qizdan murojaat kelib tushgan.

Qizning bildirishicha, u uyidagi tazyiq va yaqinlari uni tushunmasligi tufayli uydan chiqib ketgan. So‘ng bir tanishi uni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi qandaydir xonadonga olib borgan. Mazkur xonadon egasi bo‘lgan ayol esa qizni fohishalikka majbur qilgan, lekin u muayyan vaqtdan keyin u yerdan qochib keta olgan va ko‘mak so‘ragan.

“Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi”, deyiladi xabarda.

Tekshiruv natijasida joriy yilning 5 mart kuni ayolga nisbatan Jinoyat kodeksi 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  27 fevral kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlangandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
29
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish

03 Sep 21:34
 
21
0
xs.uz

Fuqarolarni koʻpga “uxlatgan” “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bildirilishicha, bugun, 3-sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi 'AIF' platformasining faoliyati oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida ushbu platforma ayni paytda oʻz faoliyatini nomaʼlum sababga koʻra toʻxtatganligi va murojaat qiluvchi shaxslarga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.Shundan kelib chiqib, 3-sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi T

03 Sep 21:35
 
21
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qo

10 Oct 10:49
 
20
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x