calendar 07 Mar 20:11
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Maktabga kirmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi soxta bo‘lib chiqdi

image

Joriy yilning 5 mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda soat 15:30 atrofida Milliy gvardiya xodimini maktab qorovuli kirish joyida to‘xtatgan. Ushbu shaxs Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekanligi aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u soxta guvohnomani ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytgan. Maktab ma’muriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmagani va ushbu xodim maktabga biriktirilmagani haqida ma’lumot bergan. Soxta xodim qalbaki guvohnomani topshirmasdan Milliy gvardiya xodimlariga ham qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirish so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, xatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan. Shunday bo‘lsa-da, uning bu kabi nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta tushuntirilib, tinchlantirilgan.

Hozirda fuqaro U.X. dan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va soxta guvohnomasi olib qo‘yilib, uning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi bo‘lgani sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 13:15
 
42
0
xs.uz

Professor-oʻqituvchilarning akademik hamkorlik samaralari

' Oliy taʼlim sohasida Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlardagi universitetlar oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni oʻrnatilishi nafaqat universitet maʼmuriyati, xodimlar va talabalari uchun ham oʻzaro foydali imkoniyat boʻldi, ' deydi AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik. ' Amerika va Oʻzbekiston professor-oʻqituvchilari oʻrtasidagi hamkorlik kelgusi yillar davomida har ikki mamlakatda taʼlim va tadqiqot salohiyatini mustahkamlaydi.Oʻtgan oʻquv yilida AQSH elchixonasi Oʻzbeki

06 Jun 21:06
 
34
0
qalampir.uz

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an tor doirada muzokara o‘tkazdi (video)

Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. "Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Qurbon hayiti bilan bir-birlarini samimiy qutladilar", deyiladi xabarda. Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strat

09 Jul 09:41
 
29
0
qalampir.uz

“Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko‘chirildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” loyihasi jamoatchilik e’tirozlaridan keyin shahar chetida bunyod etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro shahar hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. Hokimlik xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan. Ma’lum qilinishicha, “Boqiy Buxoro” madaniy etnografik parkini barpo etish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda. Ayni paytda loyihani amalga oshirish maqsadida hududdagi eskirgan va ava

04 Jun 11:51
 
130
0
qalampir.uz

Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz 15 sutkaga qamaldi

Avvalroq, viloyatliklarni bir qancha qo‘pol so‘zlar bilan kamsitgan 21 yoshli qiz R.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 286-moddasi tartibida IIO FMB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgani xabar qilingandi. Sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqildi. Huquqbuzarga nisbatan sud raisi tomonidan Ma’muriy javobgarlik