calendar 09 Jul 09:41
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko‘chirildimi?

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” loyihasi jamoatchilik e’tirozlaridan keyin shahar chetida bunyod etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro shahar hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Hokimlik xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan. Ma’lum qilinishicha, “Boqiy Buxoro” madaniy etnografik parkini barpo etish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda loyihani amalga oshirish maqsadida hududdagi eskirgan va avariya holatidagi bino hamda inshootlarning asosiy qismi to‘liq demontaj qilinib, qurilish maydoni 90 foiz tayyor holatga keltirilgan.

Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligining oldingi binosida ham demontaj ishlari aholiga va atrofdagi ob’ektlarga ta’sir etmagan holda, texnik xavfsizlik qoidalariga muvofiq davom ettirilib, qariyb 70 foiz ish bajarilgan.

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, madaniy etnografik parkini barpo etish loyiha hujjatlari taniqli tarixchilar, olimlar, madaniy meros sohasi mutaxassislari va xorijiy loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda yakuniga yetkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
74
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

11 Jul 15:11
 
87
0
xs.uz

“Vagner” safida Ukrainaga qarshi jang qilgan oʻzbekistonlikka hukm oʻqildi

Bildirilishicha, 26 yoshli fuqaro Sh.Y. 2019-yilda ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borgan. U Moskva shahrida ishlashi davomida, giyohvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan shugʻullanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.Oʻzbekiston fuqarosi jinoyat ishlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Kalujskaya viloyati Obninsk shahar sudining 2021-yil 30-sentyabrdagi qarori bilan RF Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha aybli deb topilib, 7-yilga ozodlik

11 Jul 15:12
 
49
0
xs.uz

Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllari toifalarga ajratiladi

Prezident qarori bilan tasdiqlangan yoʻl xoʻjaligi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 'Yoʻl xaritasi'ni amalga oshirish doirasida shahar va boshqa aholi punktlari hududlarining oʻzgarishini inobatga olib, Oʻzbekistonning umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini qaytadan ishlab chiqish va tasdiqlashga qaror qilindi.Hujjat bilan Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarining quyidagi roʻyxatlari tasdiqlandi:Mazkur roʻyxatlar 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.Transport vazirlig

26 Jul 10:20
 
34
0
xs.uz

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi qarori ustidan shikoyatini rad etdi

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan 'Navoiyazot' AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.'Navoiyazot' AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil