calendar 06 Jun 21:06
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an tor doirada muzokara o‘tkazdi (video)

image

Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

"Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Qurbon hayiti bilan bir-birlarini samimiy qutladilar", deyiladi xabarda.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi ikki tomonlama hamkorlik yuksak sur’atda davom etayotgani, barcha darajalardagi aloqalar va almashinuvlar shiddati mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlari ortib bormoqda, qo‘shma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda. O‘zaro madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tashrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, uning natijasida sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida yangi loyihalarning katta portfeli shakllantirildi.

"Hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish, jumladan, Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi. Istanbul shahrida O‘zbekistonning savdo vakolatxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi", deyiladi xabarda.

Davlat rahbarlari raisligidagi O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Uning birinchi yig‘ilishi bugun bo‘lib o‘tadi.

Qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish sohalarida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Xavfsizlik va mudofaa, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va sport sohalarida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat fuqarolarining bordi-keldisi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini ham ko‘rib chiqdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 13:44
 
69
0
xs.uz

Ishsizlik nafaqasi undirib berildi

Nurota tumanida yashovchi Toʻynazar Rahmonov adliya idoralarining sayyor qabuliga qadar mazkur moddalarda belgilangan huquqlarga ega ekanligini bilmasdi. Uning murojaati asosida tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, 25 million soʻmdan ortiq nafaqa pullari undirilishi taʼminlandi.Tumanning 'Alisher Navoiy' mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Tolibovaning tugʻish taʼtili davri uchun qonunchilikda belgilangan nafaqa toʻlovlari toʻlab beri

27 Jul 11:49
 
78
0
xs.uz

Toshkent viloyatida oilaning barcha aʼzolari oʻldirilib, uyiga oʻt qoʻyildi

Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyul soat 06:19 larda Yangiyoʻl tuman Nurafshon koʻchasida joylashgan xonadonda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Xabarga asosan Yangiyoʻl tumani FVB Yongʻin qutqaruv qismi oʻt oʻchiruvchilari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kelib chiqqan yongʻin bartaraf etilgan.Xonadonni koʻzdan kechirish davomida 5 nafar (1991 й.т. erkak, 1999 й.т. ayol, 2021 va 2022 й.т. bola va 2018 й.т. qiz) shaxsning murdalari turli tan ja

11 Aug 03:44
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekistonda vaqtinchalik ishsizlar uchun nafaqa toʻlanadi — Qonun loyihasi

Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasining maqsadi davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi, uni tashkil etish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻlovlarini toʻlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Qonun loyihasi bilan davlat ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlanadigan 'kasallik' (ishchilarning betobligi sababli mehnatga layoqatsizligi davri uchun), 'dekret' (ayollarning tugʻruqqacha va tugʻruqdan keyingi davri uchun) va 'ishdan boʻshatish nafaqasi' (fu