Oʻzbekistonda vaqtinchalik ishsizlar uchun nafaqa toʻlanadi — Qonun loyihasi

Qonun loyihasi bilan davlat ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlanadigan 'kasallik' (ishchilarning betobligi sababli mehnatga layoqatsizligi davri uchun), 'dekret' (ayollarning tugʻruqqacha va tugʻruqdan keyingi davri uchun) va 'ishdan boʻshatish nafaqasi' (fuqarolarning vaqtincha ishsizligi davrida) tartibladi.
Shuningdek, qonun loyihasida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan aholini sugʻurtalash tizimi joriy etilishi belgilanmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, inson hayoti va faoliyati davomida vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganida (oʻzi yoki farzandi kasal boʻlganida, qisqa davolanishda, tugʻruq davrida) yoki ishsiz qolganida ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi.
Qonun loyihasi bilan mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshirilishi belgilanmoqda. Xususan, birinchi bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha sugʻurtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sugʻurtalash manbasidan qatʼiy nazar, homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab beriladi.
Ikkinchi bosqichda esa 2026-yil 1-yanvardan barcha sugʻurtalangan jismoniy shaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sugʻurtalash manbasidan qatʼiy nazar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlab beriladi. Keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan sugʻurtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi toʻlovlar joriy etiladi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi faoliyat turidan qatʼiy nazar ishlayotgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tugʻish nafaqasi hamda ishdan boʻshatish nafaqasini toʻliq toʻlanishiga, ijtimoiy faol aholining kambagʻal oilalar toifasiga tushib qolishining oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokamalarda qonun loyihasini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Avvalroq, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Tashabbusli byudjet' doirasida bir mahalla qayta-qayta gʻolib deb topilmasligi muhokama qilingandi.
Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok
TIV Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi
Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi. Bu haqida TIV rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron oʻrtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli toʻqnashuvlarga aylandi. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uygʻotmoqda.'Oʻzbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ
Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu