TIV Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi

Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron oʻrtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli toʻqnashuvlarga aylandi. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uygʻotmoqda.
'Oʻzbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti, barqarorlik va taraqqiyotga jiddiy xavf soluvchi holat sifatida baholaydi. Urushda gʻolib boʻlmaydi. Eng katta yoʻqotishni doim oddiy insonlar tortgan va bugun ham shunday boʻlmoqda.
Oʻzbekiston har doim tinchlikparvar siyosat yuritib kelgan va shunday davom etadi. Mamlakatimiz barcha davlatlar bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda.
Oʻzbekiston fuqarolarini tinchlikparvarlik, bagʻrikenglik va masʼuliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlashga chaqirib qolamiz. Mojarolarga nisbatan diniy, irqiy yoki boshqa shaxsiy mansubliklar asosida munosabat bildirmaslik, har qanday nafrat va ziddiyat targʻibiga qarshi turish barchamizning umumiy burchimizdir, deb qoʻshimcha qilinadi xabarda', ' deyiladi TIV murojaatida.
Shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizni turli provokatsiya va haqoratomuz chaqiriqlarga uchmaslikka, holatlarga nisbatan hissiyot emas, balki vazmin munosabatni saqlab qolishga chaqirgan.
Oʻzbekiston TIV barcha mojarolar xalqaro huquq normalari va diplomatik muloqot asosida tinch yoʻl bilan hal etilishi tarafdori ekanini, tinchlik va oʻzaro hurmat asosidagi munosabatlar har doim yurtimiz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolishini yana bir bor taʼkidlagan.
31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi
'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat
TDAU hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan agrar sohada ilgʻor texnologiyalar va tajribalarni joriy etishga qaratilgan kelishuv imzolandi
Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida davlatimiz rahbarining 'Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qator tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzildi.'Made in Karakalpakstan' koʻrgazmasi hamda 'Qoraqalpogʻistonda investitsiya kiriting' invest
Қурилиш компанияси фуқарога вақтида топширилмаган уй пулини қайтарди
Тошкент шаҳар Яшнобод туманидаги кўп квартирали уйлардан хонадон харид қилган фуқарога уй вақтида топширилмагани сабабли қилинган тўлов қайтарилди. Бу ҳақда Рақобат қўмитаси хабар қилди.Унга кўра, харидор аввалдан уй учун 387 миллион сўм тўлов қилган, аммо бир йилу уч ой ў
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika