calendar 07 Mar 20:11
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushadi

image

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati – “Turon” va “Qipchoq” yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan ikkita yangi metro bekatlarida (“Turon” va “Qipchoq”) qurilish ishlari o‘z yakuniga yetkazilib, sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgan. 

Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ushbu bekatlar joriy yilning 11 mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

“Bundan tashqari, yo‘lovchilarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun metro vagon parklariga so‘nggi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan bo‘lsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshkent shahriga kirib keldi. Shuningdek, may oyi so‘ngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish ham rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 16:11
 
38
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi Yuqori Chirchiq tumaniga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish  bugun, 1 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan “ACWA POWER RIVERSIDE SOLAR” quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh kotibga 2030 yilgacha O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish strate

19 Jul 16:52
 
42
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi. Sud hukmi o‘qildi

Bugun, 19 iyul kuni, "Baxti Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi Tolibjon Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra: B. Qudratullayev (19

18 Jul 16:15
 
43
0
qalampir.uz

Sadir Japarov “Ko‘ksaroy”da tantanali kutib olindi (video)

Bugun, 18 iyul kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.   Muzokaralar boshlanishidan avval ikki davlat rahbarlari o‘z delegatsiyalari a’zolarini tanishtirdi. Muzokaralar tor doiradagi suhbatdan boshlanib, kengaytirilgan tarkibda davom etadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategi

16 Jul 23:33
 
127
0
xs.uz

Oʻzbekistonda shoir Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi

Qarorga koʻra, shoirning 'Tanlangan asarlar' toʻplami oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va taqdimotlari oʻtkaziladi.Davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan sahna asarlari hamda 'Ajiniyoz' badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Nukus shahrida shoir ijodiga bagʻishlangan 'Ayt, sen Ajiniyozning qoʻshiqlaridan' mavzusida mamlaka