calendar 16 Jul 23:33
eye 169
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda shoir Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi

image
Qarorga koʻra, shoirning 'Tanlangan asarlar' toʻplami oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va taqdimotlari oʻtkaziladi.

Davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan sahna asarlari hamda 'Ajiniyoz' badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Nukus shahrida shoir ijodiga bagʻishlangan 'Ayt, sen Ajiniyozning qoʻshiqlaridan' mavzusida mamlakat yosh ijodkorlarining tanlovi, ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli hayoti va ijodiga bagʻishlangan insholar tanlovi oʻtkaziladi.

2024-yilning sentyabr oyida Badiiy akademiyaning Markaziy koʻrgazmalar zalida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari va xalq amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Oktyabr oyida Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining adabiy merosini oʻrganish mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtiriladi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyi tashkil qilinadi. Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining Moʻynoq tumanidagi qabri obodonlashtiriladi va unga yodgorlik oʻrnatiladi. Mazkur tumanda Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomidagi ekopark barpo etiladi.

Mamlakatdagi oliy va oʻrta maxsus, professional, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligiga bagʻishlangan uchrashuv va adabiy kechalar uyushtiriladi.

2024-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatrida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalari tashkil etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
41
0
qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi. Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l su

11 Jul 15:12
 
147
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BYD bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi 'BYD Uzbekistan Factory' zavodida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Mazkur korxona shu yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbari ishtirokida ishga tushirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod boʻldi.Bugungi kunda BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ' elektromobillar va gibridlarni ishlab chiqari

26 Jul 10:20
 
39
0
xs.uz

Toshkentda sodir boʻlgan YTHda 2 kishi halok boʻldi

Joriy yilning 25-iyul kuni soat 00:30 atrofida Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi 38-uy qarshisida ayanchli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan A.K. 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi beton ustunga borib urilgan. YTH oqibatida A.K (haydovchi) va 2006-yilda tugʻilgan X.X. (yoʻlovchi) olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafo

12 Jul 16:37
 
70
0
qalampir.uz

Kelasi yil Farg‘onada paxta ko‘chatlab ekiladi

Kelgusi yili Farg‘ona viloyatidagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida paxtani ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi. Bildirilishicha, so‘nggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer beril