calendar 15 Jul 12:03
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

image

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida uning yonidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona taxminan miloddan avvalgi III asrda ishlab chiqarilgan Makedonskiy rasmi tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 1751 yilda Rossiya imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgan qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar ushlangani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 17:20
 
148
0
xs.uz

Toshkentda 22 ming dollar evaziga IIV Akademiyasiga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 22 ming AQSH dollari evaziga IIV Akademiyasiga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, poytaxtning Yashnobod tumanida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni IIV Akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyis

11 Jul 15:12
 
79
0
xs.uz

“Ashxobod” bogʻidagi tartibsizliklardan soʻng ommaviy tadbirlarda tekinga mahsulot tarqatish Hukumat qarori bilan taqiqlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahrida tekinga oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqidagi xabarlar ortidan 'Ashxobod' bogʻi va uning atrof hududida katta tirbandlik hamda tiqilinch yuzaga kelgandi.Shu va shu kabi sabablar bilan endilikda Oʻzbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jal

18 Jul 18:24
 
96
0
xs.uz

Fargʻonada maʼnaviyat festivali

Fargʻona viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida viloyat boʻylab poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkor va sanʼatkorlar, olimlar ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.' Festival davomida 'Vatan madhi' konsert dasturi, 'Mutolaa marafoni', 'Eng maʼnaviyatli mahalla' tanlovi, 'Maʼrifat tur', 'Ziyolilar forumi',

19 Jul 18:46
 
58
0
xs.uz

Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Maʼlum boʻlishicha, elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilib kelmoqda, ammo soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻq. Bu esa energetika obyektlaridagi taʼmirlash ishlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.Shunga koʻra, Energetika vazirligi huzuridagi 'Oʻzenergoinspeksiya', 'Issiqlik elektr stansiyalari', 'Oʻzbekgidroyenergo', 'Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqla