calendar 16 Jul 17:20
eye 150
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda 22 ming dollar evaziga IIV Akademiyasiga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

image
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 22 ming AQSH dollari evaziga IIV Akademiyasiga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX'xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, poytaxtning Yashnobod tumanida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni IIV Akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 22 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda, Qarshi innovatsion taʼlim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialiga mazkur oliy taʼlim muassasasidagi tanishlari orqali har birini 4 ming dollardan, jami 12 ming dollar evaziga 2-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u 11 700 dollar olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Shu kabi Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda Chinoz tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 1987-yilda tugʻilgan shaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Toshkent davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 10 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Olmaliq shahar bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga Olmaliq shahrida yashovchi fuqarodan 3 500 dollar olgan vaqtida qoʻlga tushgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch davlat universitetining fakultet dekani Gurlan tumanida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini mazkur oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda boʻladigan ijodiy imtihonlardan oʻtkazib berish evaziga 2 600 dollar va 2,5 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining boʻlim boshligʻi Bogʻot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutiga oʻqishga kirishi uchun yoʻllanma olib berish va amaliy imtihonda koʻmaklashish evaziga 4 ming dollar talab qiladi. Ammo, u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
44
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

21 Jul 13:46
 
58
0
qalampir.uz

Tezlikni oshirgan haydovchilar “prava”si olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonda haydovchilar necha marta tezlikni oshirganidan qat’i nazar, YPX xodimlari tomonidan ularning haydovchilik guvohnomlari olinmaydigan bo‘ldi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida keltirilgan. Qaror bilan Yo‘l patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosa

29 Jul 16:48
 
115
0
xs.uz

Sirdaryoda 21 tup qayragʻoch daraxtini kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

Qayd etilishicha, М.А. sheriklari bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi aniqlangan. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming soʻm zarar yetkazilgan.'S

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dor