calendar 21 Jul 13:46
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tezlikni oshirgan haydovchilar “prava”si olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi

image

O‘zbekistonda haydovchilar necha marta tezlikni oshirganidan qat’i nazar, YPX xodimlari tomonidan ularning haydovchilik guvohnomlari olinmaydigan bo‘ldi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida keltirilgan.

Qaror bilan Yo‘l patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandiga o‘zgartirish kiritildi. 

Oldin ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi kerak bo‘lsa, endilikda ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima belgilash tartibi statsionar foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish tartibi bilan bir xil bo‘ladi. Ya’ni, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda huquqbuzar haydovchining o‘zi ishtirok etmaydi. Huquqbuzarlikning takroran sodir qilingani ham inobatga olinmaydi.

Shu bilan tezlikni oshirganlik uchun takroriy sodir etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha oshirilgan jarimalar amalda hech qaysi holatda qo‘llanmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 1 yanvar kunidan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanishi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
39
0
xs.uz

Toshkentda sodir boʻlgan YTHda 2 kishi halok boʻldi

Joriy yilning 25-iyul kuni soat 00:30 atrofida Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi 38-uy qarshisida ayanchli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan A.K. 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi beton ustunga borib urilgan. YTH oqibatida A.K (haydovchi) va 2006-yilda tugʻilgan X.X. (yoʻlovchi) olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafo

12 Jul 16:37
 
70
0
qalampir.uz

Kelasi yil Farg‘onada paxta ko‘chatlab ekiladi

Kelgusi yili Farg‘ona viloyatidagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida paxtani ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi. Bildirilishicha, so‘nggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer beril

27 Jul 19:32
 
62
0
xs.uz

Hafta boshida ham issiq ob-havo saqlanib qoladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, 29-iyulda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 30-31-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-iyulda +20html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end+25 daraja, 30-31-iyulda +18...+23 daraja, ku

11 Jul 15:12
 
83
0
xs.uz

Agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida viloyat, tuma