calendar 01 Jul 16:11
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Bosh kotibi Yuqori Chirchiq tumaniga bordi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish  bugun, 1 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan “ACWA POWER RIVERSIDE SOLAR” quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh kotibga 2030 yilgacha O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish strategiyasi, muqobil energiya ishlab chiqarish sohasida quvvatlarni yaratish dasturi haqida taqdimot qilingan. Guterrish mamlakatda quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini aytib o‘tgan.  

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida qiymati 400 million dollarlik 200 megavatt quvvatiga ega bo‘lgan loyiha amalga oshirilgan. Buning uchun 460 gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirgi kunda 150 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, keyinchalik Parkent tumanida 500 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 10:51
 
75
0
qalampir.uz

Toshkentda YTH oqibatida 5,7 ming xonadon gazsiz qoldi

Bugun, 11 iyul kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir hudud aholisi gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi. Qayd etilishicha, YTH soat 02:15 da sodir bo‘lgan va Yashnobod tumanidagi Go‘zal mahallasi hududidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan. To‘nashuv zararlari bartaraf etilgunga qadar quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi: Go‘zal mahallasida 70 ta mahalliy

27 Jul 15:02
 
47
0
xs.uz

“Qamchiq dovoni”da 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Bugun, 27-iyul kuni soat 05:00 larda 'Qamchiq dovoni' hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 247-kilometrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Manbaga koʻra, haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan А.К. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sababli oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 'Isuzu' hamda 'Howo' rusumli yuk avtomobillari bilan toʻqnashgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoni

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda maymunchechak virusiga qarshi choralar koʻrilayotganini bildirdi

Unga koʻra, Oʻzbekistonda kasallikka chalinganlikda gumon qilinadigan holatlarda laboratoriya tashxislanishini oʻtkazish uchun bojxonalardagi va virusologiya ilmiy tekshirish institutidagi virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilgan. Shuningdek, maymun chechagi kasalligini tashxislash uchun zarur boʻladigan diagnostika va test sistemalarini olib kelish yuzasidan ishlar yoʻlga qoʻyilgan.'Bizda 2023-yilda berilgan test sistemasi ham mavjud. Undan foydalanish yuzasidan maʼ

26 Jul 10:20
 
40
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak