calendar 11 Jul 10:51
eye 96
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda YTH oqibatida 5,7 ming xonadon gazsiz qoldi

image

Bugun, 11 iyul kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir hudud aholisi gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH soat 02:15 da sodir bo‘lgan va Yashnobod tumanidagi Go‘zal mahallasi hududidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan.

To‘nashuv zararlari bartaraf etilgunga qadar quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

  • Go‘zal mahallasida 70 ta mahalliy aholi xonadonlari;
  • Olmos mahallasida 58 ta ko‘p qavatli uyda 2436 ta xonadon;
  • Qalqon mahallasida 40 ta ko‘p qavatli uyda 3200 ta xonadon;
  • ulgurji xaridorlar: 10.

“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hududidan o‘tgan “Muzrabot-Dushanbe” magistral gaz quvurida avariya yuz bergani sababli viloyatning ko‘plab tumanlari gaz ta’minotidan uzilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

24 Mar 13:25
 
69
0
xs.uz

Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.Shunin

22 Mar 08:54
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi bayram saylida qatnashdi

Yurtimizning barcha joylarida Navro'z ayyomi ko'tarinki ruhda kutib olinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi.Xizmat ko'rsatish va savdoga ixtisoslashgan mahallada 4 ming nafar aholi yashaydi. Bandlikni ta'minlash bo'yicha yangi tizimga muvofiq, banklar ishtirokida mahallaning ichki imkoniyatlari yuzaga chiqarilmoqda.''O'tgan yili yuzga yaqin aholi ishga joylashtirilgan, 256 nafari o'zini o'zi band qilgan, 13'

15 Apr 07:05
 
30
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil