calendar 19 Aug 07:03
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda maymunchechak virusiga qarshi choralar koʻrilayotganini bildirdi

image
Unga koʻra, Oʻzbekistonda kasallikka chalinganlikda gumon qilinadigan holatlarda laboratoriya tashxislanishini oʻtkazish uchun bojxonalardagi va virusologiya ilmiy tekshirish institutidagi virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilgan. Shuningdek, maymun chechagi kasalligini tashxislash uchun zarur boʻladigan diagnostika va test sistemalarini olib kelish yuzasidan ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

'Bizda 2023-yilda berilgan test sistemasi ham mavjud. Undan foydalanish yuzasidan maʼlum ishlarni amalga oshiryapmiz. Yaʼni joylarga yetkazib berish va u yerda gumon qilingan holatlarda kasallikni tashxislashdan oʻtkazish yuzasidan ish joyida tajriba almashinuvini amalga oshirish, yaʼni ish joyida koʻnikma hosil qilish yuzasidan videokonferensiya aloqasi orqali laboratoriya xodimlarining bilim saviyalari oshirilmoqda', deb qoʻshimcha qildi Ikromov.

Bundan tashqari, masʼul kasallikka gumon holatini erta aniqlash uchun qabulxona va yuqumli kasalliklar shifoxonalarida teri toshmalarining barcha koʻrinishlari, jumladan, maymun chechagining oʻziga xos belgilarini aniqlash maqsadida shifokorlar bilan oʻquv seminarlari tashkil qilish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 11:56
 
55
0
qalampir.uz

OTMga kirish uchun minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish balli – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36 foizi); to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30 foizi) etib belgilandi. Belgilangan ballni to‘play olmagan

26 Jul 16:47
 
59
0
qalampir.uz

Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining navbatdagi saylovi oldidan tuman (shahar) hamda viloyat hokimlarining xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish tartibi bekor qilindi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo‘lgan 33 ta vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazil

22 Jul 18:37
 
68
0
qalampir.uz

Nazarbekov reklama qilgan do‘kon jarimaga tortildi. Vazir esa aybsiz

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganila boshlagani xabar qilingandi. O‘rganish natijasida kiyim do‘koni jarimaga tortildi, vazir esa aybsiz deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli

22 Jul 10:35
 
52
0
qalampir.uz

Samarqandda xaker yigit mashhur tadbirkorlarni chuv tushirdi

Samarqand viloyatida mashhur tadbirkorlarning Telegram akkauntlaridan foydalanib, ularni katta pulga chuv tushirgan 20 yoshli yigitga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yigit tadbirkorlarning ismi bilan sahifa ochgan va profillarga ularning fotosuratlarini joylashtirgan. Shundan keyin o‘sha tadbirkorlarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan. “Avvaldan ta