calendar 07 Mar 20:07
eye 58
comments 0
comments Manba: postda.uz

AYОL BAXTLI BO‘LSA...

image

O‘lkamizga bahor fasli kirib keldi. Albatta, ko‘klam go‘zallik va yosharish fasli hisoblanadi. Aynan bahorning boshida Xalqaro xotin-qizlar bayramining nishonlanishida ham qandaydir uyg‘unlik va ma'joziy ma'no bor. 

Mo‘tabar onalarimiz, dilbar opa-singillarimizning mehri, fidokorligi oldida esa dunyo bosh egadi. Xotin-qizlar tufayli oilada tinchlik-totuvlik, farovonlik, jamiyatimizda esa barqarorlik, taraqqiyot bo‘ladi. Shu boisdan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni himoya qilish borasida ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu ishlarni qonun yo‘li bilan mustahkamlash maqsadida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va boshqa qator qonun hujjatlari qabul qilingan.

Bugungi kunga kelib xotin-qizlar davlat va jamiyat qurilishi hamda boshqaruvidagi mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Jumladan, ular ichki ishlar organlarida erkaklar bilan bir safda turib, mashaqqatli vazifalarini sharaf bilan bajarib kelayotganligini aytib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. So‘zimning yakunida yurtimizdagi barcha nozik xilqat vakilalarini bayram bilan tabriklab, qadringiz va qaddingiz baland bo‘lsin degim keladi. Zero, ayol baxtli bo‘lsa, oilada tinchlik-totuvlik ta'minlanib, jamiyatimiz yanada mustahkamlanib boraveradi.

Sayyora QULIMBETOVA 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX HPB katta inspektori, mayor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
580
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

13 May 14:39
 
758
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
607
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

17 May 21:48
 
716
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz