calendar 07 Mar 20:07
eye 61
comments 0
comments Manba: postda.uz

13-fevral – Butunjahon radio kuni

image

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. 

Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta'siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi negizida aloqa-axborot vositalarining yangi avlodlari kompyuter, mobil' aloqa vositasi, planshetlar paydo bo‘ldi.

1927-yil 11-fevral O‘zbekistonda radioeshittirishlar efirga chiqqan sana sifatida tarix sahifalaridan joy olgan. Aynan shu kuni Toshkent radioeshittirish radiostansiyasining tantanali ochilishi marosimi o‘tkazilgan.

Radioning insoniyat hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, 13-fevral – “BMT radiosi” tashkil etilgan kun munosabati bilan 2011-yil YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 13-fevral – Butunjahon radio kuni, deb e'lon qilindi.

Fursatdan foydalanib, ommaviy axborot vositalarining radio yo‘nalishida mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimizga ijodiy parvozlar tilab qolamiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 16:59
 
22
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

24 Aug 17:27
 
38
0
xs.uz

Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼm

24 Aug 17:27
 
32
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga