calendar 13 Feb 22:03
eye 232
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident qarori: Qarshida 200 oʻrinli yangi tugʻruq kompleksi barpo etiladi

image
Mazkur hujjatga koʻra, hududda profilaktik koʻriklar va skrining dasturlar koʻlamini kengaytirish, viloyat darajasida 40 turdagi va tuman darajasida 20 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini amaliyotga joriy qilish, aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shuningdek, qarordan kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini oshirish, tibbiyot tizimini raqamlashtirish kabi muhim topshiriqlar oʻrin olgan.

Bundan tashqari, 2024 ' 2025 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5-yil ishlab berish sharti bilan alohida davlat buyurtmasi joriy etiladi.

Qashqadaryo viloyatida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uchun 2 mln soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Qolaversa, qarorga muvofiq:

' Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) viloyat filialining oʻrin-joylar sonini 220 tadan 300 tagacha oshirish;

' Qarshi temiryoʻl shifoxonasini RSHTYOIMning viloyat filialiga oʻtkazish;

' Qarshi tugʻruq kompleksi oʻrnida 200 oʻrin-joyli yangi tugʻruq kompleksini barpo etish;

' 50 oʻringa moʻljallangan hududlararo xospis tashkil etish;

' Qarshi shahrida yangi tibbiyot markazi va Beshkent shahrida yangi shifoxona qurish;

' Qarshi shahri va Kitob tumanlarida ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazini tashkil etish koʻzda tutilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi

Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer ' tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yet

01 Jul 04:28
 
33
0
xs.uz

Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni

01 Jul 04:28
 
33
0
xs.uz

Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi

Qonun (OʻRQ'1072-son, 26.06.2025-y.) bilan 'Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida'gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' kanalida'xabar berildi.Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi

01 Jul 04:28
 
32
0
xs.uz

Hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyadi

Respublika boʻyicha 15 mingga yaqin oʻquv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. Soʻnggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanda