calendar 09 Feb 17:23
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Nasaf”ning yangi oʻyinchilari jamoatchilikka tanishtirildi

image
Taʼkidlash joiz, 'Nasaf' jamoasi oʻtgan yili oʻz tarixidagi eng samarali mavsumlardan birini oʻtkazdi. Xususan, jamoa Oʻzbekiston superligasida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. Osiyo chempionlar ligasi bahslarida qiyin guruhdan chiqib, pley-offga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.



Bu yil esa jamoaning maqsadlari yanada yuqori. Jamoa mavsumni 14-fevral kuni OCHL 1/8 finali doirasidagi BAAning 'Al Ayn' klubiga qarshi kechadigan oʻyin bilan boshlaydi. Shuningdek, Oʻzbekiston superligasida oʻzining ilk chempionligini qoʻlga kiritishni, Oʻzbekiston kubogi bahslarida esa chempionlikni munosib himoya qilishni maqsad qilishgan.

Shunga muvofiq, mavsumlar oraligʻida jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi munosib tayyorgarlikni amalga oshirdi. Transferlar bozorida faollik koʻrsatdi. Xususan, 'Lokomotiv'dan darvozabon Zafar Safayevni, 'Neftchi'dan yarim himoyachi Sharof Muhiddinovni, 'Qizilqum'dan yarim himoyachi Islom Kenjaboyevni, Qozogʻistonning 'Shaxtyor' klubidan yarim himoyachi Temur Chogadzeni (Gruziya), Albaniyaning 'Partizani' jamoasidan yarim himoyachi Viktor da Silvani (Braziliya), 'Navbahor'dan himoyachi Igor Golbanni, Gruziyaning 'Dinamo Tbilisi'sidan hujumchi Zoran Marushichni (Serbiya) va 'Ordabasi' (Qozogʻiston)dan hujumchi Bobir Abduxoliqovni oʻz safiga qoʻshib oldi.



Tantanali marosimida 'Nasaf'chilarga Oʻzbekiston superligasi kumush medallarini Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, klub prezidenti Shuhrat Aslanov topshirdi va jamoaga yangi mavsum hamda xalqaro maydondagi keyingi oʻyinlarda ham omad tilashdi. Shuningdek, jamoa tarkibiga kelib qoʻshilgan yangi futbolchilar keng jamoatchilikka tanishtirilib, ularga klub ramziy liboslari topshirildi.

Taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi katta konsert dasturi tadbirga yanada oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Jahongir BOYMURODOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,