calendar 09 Feb 11:10
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mikroqarz berishning maksimal summasi 100 mln soʻmgacha oshirilmoqda

image
Senatning elliginchi yalpi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun koʻrib chiqildi.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga va 'Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.



Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan qoʻshimchalarga asosan aholi va tadbirkorlarga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov summasi, agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi belgilangan tartibda undiriladi.

Eng avvalo, asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda uziladi. Soʻngra joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik soʻndiriladi. Uchinchi navbatda neustoyka (jarima, penya)lar va keyingi navbatda kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari undiriladi.



Shu bilan birga, Fuqarolik kodeksiga kredit boʻyicha qarzdorlikni va hisoblangan foizlarni undirish haqida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda mazkur kredit boʻyicha foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatilishiga oid oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilmoqda.

Bundan tashqari, 'Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida'gi Qonunga ham oʻzgartirish kiritilayotgan boʻlib, unga koʻra jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga ajratiladigan mikroqarz miqdori 50 million soʻmdan 100 million soʻmga oshirilmoqda.



Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonun aholi va tadbirkorlarga mikroqarz yoki kredit olib foydalanish jarayonlarini kengaytirishga, ular tomonidan kreditlarni qaytarish qobiliyati yaxshilanishiga zamin yaratadi. Shuningdek, aholini va tadbirkorlarning moliyaviy mablagʻlar hamda xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish bilan birga ularning ishchanlik faolligini oshirishga va ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokamalardan soʻng senatorlar ushbu Qonunning dolzarbligi va zarurligini eʼtiborga olib, uni maʼqulladilar.



Foto: Abdumutalib Toyirov '/ 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

08 Jun 02:26
 
145
0
xs.uz

Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi

2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin

04 Jun 02:44
 
39
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga