calendar 08 Feb 05:01
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Issiqxonamda arab anori-yu, qishda gullab, Navroʻzda pishadigan shaftoli koʻchatigacha bor — Otabek Elmurodov

image
' Oz emas, koʻp emas, yigirma yil davomida ona-yurtimizdan olisda sovuq oʻlkalarda ishladim, ' deydi u. ' Musofirchilikning qiyinchiliklarini koʻrdim. Meni doim nega oʻzgalarning qoʻlida arzon- garovga ishlab, ularning roʻzgʻorini but qilishim kerak, degan oʻy tinchlik bermasdi. Nihoyat, uyga qaytishga qaror qildim. Qishloqqa kelib, zamonaviy rusumdagi mashinaning puliga shu issiqxonani qurdim. Endi koʻnglim xotirjam. Chunki oilam, bolalarim bagʻridaman. Daromadim ham chakki emas.

Otabek tabiatan yangilikka oʻch, izlanishni kanda qilmaydi. Oʻtgan yilning aprelida tajriba tariqasida arab anori ekdi. 10 ' 15 daraja issiqlikda oʻsuvchi bu bu ekinning har bir tupidan 20 kilogrammgacha hosil olish mumkin. Mevasi sap-sariq boʻlib pishadi. Shifobaxsh. Yurak-qon tomir kasalliklari, qand xastaligini davolashda asqatadi. U yurtimiz bozorlariga xorijdan kirib keladi.



' Oilamiz ehtiyojidan ortganini qarindosh-urugʻlarga tarqatdik, ' deydi Otabek. ' Bundan tashqari, 18 kilogramm arab anorining kilosini 450 ming soʻmdan buyurtma asosida mijozlarga yetkazdik.

Bu issiqxonani moʻjaz bir zooparkka ham qiyoslash mumkin. Unda bananning 8 xili, qizil kivi, Tailanddan keltirilgan ajdar koʻz daraxti va hatto Turkiyadan olingan, qishda gullab Navroʻz kunlarida pishadigan shaftoli koʻchatlari ham bor. Italiyadan ikki ming dollari evaziga keltirilgan qulupnay daraxti hamda feyxoa oʻsimligini aytmaysizmi? Aytmoqchi, dunyoning manaman degan mutaxassislari feyxoani tarkibida yod miqdori koʻpligi boʻyicha chempion, deya eʼtirof etishgan. Turgan-bitgani shifobaxsh sanalgan feyxoa mevasi qon bosimi oshganda, shamollaganda juda foydali. Undan tayyorlangan murabbo juda mazali boʻladi.

Otabek qizil kivi qalamchasidan 400 tup koʻchat tayyorlagan. Bu butun boshli kivizor barpo etish uchun yetarli. Faqat yer masalasi hal boʻlsa, bas. Tinib-tinchimas bu inson issiqxonasida 45 ming tup pomidor koʻchati ham yetishtirmoqda. Hozir bu koʻchatlarning bozori chaqqon. Qahramonimiz shuning oʻzidan 25 million soʻm daromad olishni moʻljallab turibdi.

Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko'p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.Prezident Shavkat Mirziyoyev 'Yangi O'zbekiston' bog'iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo'ydi.Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, m

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Bunday fuqarolar ijtimoiy soliqni uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlaydi. Shartlar orasida uy-joyini ozoda tutish ham bor

'Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida'gi Prezident Farmonining qabul qilinishi bilan kambagʻal oilalar reyestri shakllantirilishi belgilandi.Ushbu farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan 'mahalla yettiligi' tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakll

20 Sep 00:22
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekistonda daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi

Joriy yilning 12-sentyabr kuni 'Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'xabar berdi.Qarorga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar h

03 Sep 21:34
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 3-sentyabr kuni havo harorati biroz salqin boʻladi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 29-31'daraja bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30'daraja bo'ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgaruvchan