calendar 20 Sep 00:22
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi

image
Joriy yilning 12-sentyabr kuni 'Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'xabar berdi.

Qarorga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo oʻzanlari, ularning sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.

Tegishli tashkilot va hokimliklar:

Qayd etilishicha, daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shagʻal qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar togʻ va togʻoldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish choralari koʻriladi.

Koʻchirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi''E-auksion''orqali rasmiylashtirib beriladi.

Maʼlumot uchun, Prezident'Farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:12
 
17
0
xs.uz

Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Xorijlik mutaxassislar mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha toʻplangan tajribani yuqori baholamoqda.Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga oʻtkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga kelgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat S

20 Sep 00:21
 
21
0
xs.uz

Boysunda texnogen hodisa nega yana takrorlandi?

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Boysun tumani hududida joylashgan 'Mustaqillikning 25-yilligi' (M-25) konida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev ishtirokida 17-sentyabr kuni konda yana vodorod sulfid gazi sizib chiqishi oqibatida sodir boʻlgan texnogen hodisa yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.Xabaringiz bor, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da 'M-25' konidagi 604-sonli quduqda burgʻilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik

24 Aug 17:26
 
29
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

09 Oct 12:39
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot