Xabaringiz bor, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da 'M-25' konidagi 604-sonli quduqda burgʻilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida vodorod sulfid gazi chiqishi kuzatilgandi. Ushbu texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tuzilib, uning nazorati ostida hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Natijada 15-sentyabr kuni quduq germetiklangan hamda tabiiy gazning sizib chiqishi holati toʻliq soʻndirilgandi.
Biroq 17-sentyabr kuni soat 16:00 larda konga qarashli 604-son qudugʻining yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib chiqishi natijasida texnogen holat qayd etildi. Bu galgi hodisa fojiali boʻldi ' 4 nafar pudratchi tashkilot ishchisi vafot etgan boʻlsa, 11 nafari turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Bugun Boysundagi kon voqeasi OAV, internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarning bosh mavzusiga aylandi. Voqea turlicha talqin etilib, uning mohiyati yopiqligicha qolmoqda. Barchani qiziqtiradigan savollar ' bu aslida qanday kon? Texnogen holat qanday yuzaga keldi? Nega hodisa yana takrorlandi? Texnogen hodisa yana takrorlanishi mumkinmi? Xavotirlar qanchalik oʻrinli?
Brifingda mana shu masalalar ochiqlandi. Mutasaddilar ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil maʼlumotlar berdi.
Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ushbu texnogen hodisa konning geografik joylashuvi va oʻziga xos xususiyatlari bilan bevosita bogʻliqligini aytdi:
' 'Mustaqillikning 25-yilligi' koni maʼmuriy jihatdan mamlakatimizning janubiy hududida joylashgan boʻlib, Boysun tumani markazidan 20 kilometr janubi-sharqda. Geografik jihatdan hudud togʻoldi-adir relyefi. Relyefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi.
'M-25' ('Gajak') koni birinchi marta 1933-yilda geologik tadqiqot yoʻli bilan aniqlangan va 1938-yilda tayyorlangan. 1941-yilda bu yerda birinchi qidiruv qudugʻi burgʻilangan. 1974-yilda 5-sonli quduqni sinovdan oʻtkazishda quyi boʻr qatlamlaridan gazning sanoat oqimlari olingan. Xuddi shu yili tuzilma kon toifasiga kiritilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, kon zaxirasi 40 mlrd. m3ni tashkil etgan. 2006'2008-yillarda Malayziyaning 'PETRONAS' kompaniyasi tomonidan 'Oʻzbekneftgaz' MXK bilan imzolangan qoʻshma oʻrganish toʻgʻrisidagi bitim doirasida Gajak maydonida 3D seysmik qidiruv ishlari olib borildi va bitta quduq sinovdan oʻtkazildi. Kompaniyaning loyihaga kiritgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari umumiy miqdori 102 million AQSH dollarini tashkil etdi. Kompaniyaning investitsiya siyosatidagi oʻzgarishlar va eng asosiysi, 'Gajak' konini oʻzlashtirishning murakkabligi tufayli kompaniya loyihadan chiqdi.
2017-yildan 'Surhan Gas Chemical Operating Company' kompaniyasi operator sifatida 'M25' ('Gajak') konida va 'Oʻzbekiston mustaqilligi' investitsiya blokida mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirishni boshladi.
Geologiya qidiruv ishlari doirasida 160 kvadrat kilometr hududda 3D, 492 pogon kilometr hududda esa 2D uslubida seysmik tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jami 23 ta quduqda burgʻilash, 10 ta quduqda sinov ishlari yakunlangan.
Hozirgi vaqtda 4 ming 270 nafardan ortiq quruvchi va 517 ta qurilish texnikasi jalb qilingan.
Ushbu kon togʻoldi hududda joylashgani uchun geologik tuzilishiga koʻra oʻta murakkab, ' soʻzini davom ettirdi vazir. ' Murakkab geologik tuzilish koʻp sonli strukturaviy buzilishlarning mavjudligi, filtratsiya-sigʻim xususiyatlarining katta xilma-xilligi bilan bogʻliq. Bu yerda samarali qazib olish uchun butasimon burgʻilash usulidan foydalanish talab etiladi. Qiya yoʻnalishdagi quduqlarni qurish 1200 m gacha.
Konda 108 mlrd. m3 S1 gaz zaxirasi aniqlangan boʻlsa, 60 mlrd. m3 S2 gaz zaxirasi bor. Tabiiy gaz tarkibi va qatlamning tavsifi ham boshqa konlardan tubdan farq qiladi. Gaz tarkibida oltingugurt (H2S) miqdori 7, karbonat angidrid gazi (SO2) 12 foizgacha mavjud. Kondagi anomal yuqori qatlam bosimi 65 MP, yaʼni yer tagidagi bosim oʻta kuchli ' 650 atmosferani tashkil etadi. Kesimi boʻyicha yuqori harorat 150html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS gacha yetadi.
Masalan, Muborak hududidagi konlarda oltingugurt miqdori ' 3,8, karbonat angidrid gazi miqdori 4,61% gacha. Shoʻrtan hududidagi konlarda oltingugurt miqdori 0,07 foizni tashkil etsa, karbonat angidrid gazi miqdori 2,9 foiz. Gazli hududidagi konlardagi gaz tarkibida 0,72 foiz oltingugurt mavjud boʻlsa, 3,1 foiz miqdorda karbonat angidrid gazi bor. Ustyurt hududidagi konlarda oltingugurt umuman yoʻq. Faqat 1,31 foiz karbonat angidrid gazi mavjud.
Tabiiy gaz tarkibida vodorod sulfid, yaʼni oltingugurt hamda karbonat angidrid miqdori koʻp boʻlsa, himoyalanmagan har qanday metallni yemirishga qodir. Shu bois ushbu sharoitlarda yuqori bosim, harorat, vodorod sulfidga chidamlilikni taʼminlaydigan uskunalar, materiallar, kimyoviy reagentlar, texnologiyalarga alohida talablarni qoʻyadi. Yuqori bosim ostida agressiv yuqori haroratli kislotali muhitda ishlay oladigan korroziyaga chidamli CRA (nikel-xrom-molibden) qotishmasidan tayyorlangan qimmatbaho ekspluatatsiya uskunalari va materiallarini moddiy jihatdan bajarish zarurligini belgilaydi. Buni oʻz navbatida loyihaning xalqaro texnik maslahatchilari ' Halliburton, Schlumberger, Baker Hughes, Weatherford va boshqalar ham tasdiqladilar.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, 15-sentyabr kuni quduq germetiklanib, beton-qorishmalari bilan tabiiy gazning sizib chiqishi toʻxtatilgan boʻlsa-da, bosim kuchliligidan yonidan yana gaz chiqqan. Ayni paytda texnogen holat qayta takrorlanmaslikning qatʼiy choralari koʻrilmoqda. Quduqlarni sinash jarayonida nasos-kompressor quvurlarida (NKQ) oltingugurtning choʻkishi kuzatilishi hisobga olinib, ularni bartaraf etish uchun oltingugurt tiqinlarini eritishga qodir boʻlgan kimyoviy reagentlar haydaldi. NQQda oltingugurt tiqinlarini bartaraf etish uchun kimyoviy reagentlarni tanlash boʻyicha jahon tajribasi oʻrganildi va dastlab 'MIRRIKO' (RF) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Atren B-solv eritmasi tanlandi.
Kombinatsiyalangan usul bilan (mexanik yoki kimyoviy) oltingugurt choʻkindilarini olib tashlash uchun quduqlarni bir yilda 30 kunga qoʻshimcha majburiy toʻxtatiladi. Quduqda boshqa operatsiyalarni hisobga olgan holda toʻxtashlarning umumiy vaqti yiliga 55 kunni tashkil etishi mumkin.
Brifingda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.Qoʻldoshev xavotirga oʻrin yoʻqligini taʼkidladi:
' Shu yilning 1-sentyabrida sodir boʻlgan texnogen hodisa kunidan boshlab respublika ishchi guruhi tomonidan barcha ehtiyot choralari koʻrildi. Har bir mahalla koʻchalarida FVV, IIV hamda Mudofaa vazirligi tarkibidagi xodimlar biriktirilgan. FVVning 17 ta maxsus texnikasi, yana 200 ta texnika shay holatda. Har bir koʻcha boshida havodagi zararli moddalarni aniqlaydigan maxsus uskunalar oʻrnatilgan boʻlib, ular har daqiqada nazorat ostiga olingan. Ayni paytda atmosferada inson salomatligiga zarar beradigan moddalar mavjud emas. Shuningdek, hozirda bu yerda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, brifingda vaziyat jilovlangan boʻlsa-da, aholini evakuatsiya qilishga toʻgʻri keladigan vaziyatga ehtiyoj tugʻilsa, 3 ming nafardan ortiq aholi uchun maxsus joylar tayyorlangani maʼlum qilindi.
Texnogen hodisada vafot etgan 4 nafar ishchi (ular 'Kofrun' mahallasidan) oila aʼzolari pudratchi tashkilot otaligʻiga olingani, turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilganlarning 10 nafariga uyiga javob berilgani, 1 nafari kasalxonada qolayotgani aytildi.
Darvoqe, brifing oldidan jurnalistlar kon bilan yaqindan tanishdi. Haqiqatdan vaziyat jilovlangan, odamlar oʻz xonadonida kundalik ishlari bilan mashgʻul. Taʼlim-tarbiya muassasalari barqaror ishlayapti. Aholining chorva mollari odatdagiday yon-atrofda oʻtlab yurganini koʻrish mumkin. Demak, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi turli talqindagi axborotlarning hammasi ham haqiqatga mos emas.
Prezident raisligida sud faoliyatini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi
Inson manfaatlari, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan bu sohani takomillashtirish davlatimizning doimiy e'tiborida. So'nggi sakkiz yilda sudlarga doir 70 ga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.Bular aholi va tadbirkorlarning masalalarini hal etib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilayapti. O'tgan yili sudlarda 3 milliondan ortiq masala ko'rib chiqildi. Bu ' aholining huquqiy ongi oshib borayotganidan dalolat.Hozirgi kunda sudga ariza berish, su
Prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli 'Katta dubulgʻa' xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni'qabul qildi.Mazkur yirik sport tashkiloti bilan mamlakatimizda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtiro
Hazrati Usmon Qur’onining 120-yil avvalgi faksimile nusxalari o‘rganilmoqda
Muzey vakili xorijiy hamkor sifatida Markaz xodimlari bilan yaqindan faoliyat olib bormoqda. Mehmon markaz xodimlari bilan O'zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mus'hafi tarixi bilan bog'liq manbalarni, shuningdek, mazkur qo'lyozmaning 1905-yilda Rossiyada chop etilgan 50 ta faksimile nusxasining tarqalish geografiyasini o'rganmoqda.'O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi misli ko'rilmagan loyiha bo'ldi, deb o
Respublika pediatriya markazida O‘zbekistonda ilk bor videokapsula endoskopiyasi joriy qilindi — SSV
Tadbirdan ko'zlangan maqsad soha mutaxassislariga bolalarda uchraydigan hazm a'zolari va ichak kasalliklarini zamonaviy vedokapsulali endoskopiya orqali aniqlash haqida ma'lumot berish hamda uni amaliyotga joriy etishdan iborat.Ta'kidlash lozimki, mazkur innovatsion usul bolalarda ko'p uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklariga barvaqt va samarali tashxis qo'yish imkonini beradi.Ushbu qurilma raqamli texnologiya va mikroelektronika sohasidagi eng so'nggi yutuqlarni o'zida jamlagan bo'lib, ingichk