calendar 08 Feb 05:01
eye 119
comments 0
comments Manba: xs.uz

Nazariya va amaliyot uygʻunligi

image
Akademiyaga uyushtirilgan press-tur davomida OAV vakillariga mazkur oʻquv muassasasida yaratilgan qulayliklar, uning faoliyati, dars jarayonlari, kelgusidagi rejalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

' Hozirda Akademiyada kunduzgi taʼlim bakalavriat yoʻnalishida toʻqqizta ixtisoslashtirilgan, shu bilan birga, magistratura hamda taʼlimning sirtqi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda, ' deydi IIV Akademiyasi boshligʻi, polkovnik Rustam Hotamov. ' Taʼlim jarayoni kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga qaratilib, birinchi bosqichda mutaxassislik hamda yuridik fanlarni oʻqitish, jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlash chuqurlashtirilgan holda oʻtiladi. Nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida modulli oʻqitish tizimi joriy qilingan boʻlib, taʼlimning 60 foizi nazariya, 40 foizi amaliy mashgʻulotlar bilan olib boriladi.



Taʼkidlash joizki, kursantlar amaliyoti uchun Kriminalistik-eskpertiza kafedrasi qoshida oltita eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan oʻquv-amaliyot laboratoriya xonalari tashkil etilgan. Oʻquv tezkor-tergov boʻlimi tashkil etilgani esa kursantlarning toʻgʻridan-toʻgʻri poytaxt hududida sodir boʻlgan huquqbuzarliklarning tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida bevosita ishtirok etib, amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash imkonini bermoqda.

Kursantlar darsdan keyingi boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazadi, degan savolimizga ham press-tur davomida javob oldik. Xususan, bu borada 280 mingdan ortiq ilmiy, badiiy, xorijiy nashrlar fondi mavjud boʻlgan axborot-resurs markazi, 3 ta sport zali hamda yopiq suv havzasi, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan trenajyor zallari kursantlar ixtiyorida. Eʼtiborlisi, kursant qizlarni oilaga tayyorlashda ham kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi turli oʻquv kurslari tashkil qilingan.

Bu hali hammasi emas. Akademiya tinglovchilarining rahbarlik koʻnikmalarini oshirish va xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida bugungi kunga qadar Rossiya, Turkiya, Xitoy, Belarus, Qozogʻiston kabi davlatlarning oʻttizga yaqin turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatilgan. Bundan tashqari, toʻqqizta xalqaro tashkilot bilan ham oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni chogʻda, yoshlar bilan maqsadli ishlash ham oʻz samarasini bermoqda. Jumladan, Akademiya kursantlari soʻnggi uch yilda Oʻzbekiston, Osiyo, jahon miqyosidagi nufuzli tanlov va musobaqalarda qatnashib 56 ta oltin, 30 ta kumush, 40 ta bronza medallariga sazovor boʻlishgani fikrimiz tasdigʻidir. Kursantlarning zamonaviy bilimlarni puxta egallashga ishtiyoqini oshirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri stipendiyasi, Jaloliddin Manguberdi hamda Choʻlpon stipendiyalari, shuningdek, 'Iqtidorli kursant', 'Akademiya aʼlochisi' koʻkrak nishonlari taʼsis etilgan.

Umuman olganda, press-tur davomida shunga amin boʻldikki, bugun IIV Akademiyasi mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun zamonaviy fikrlaydigan, intellektual salohiyatli hamda malakali kadrlar tayyorlashda oʻziga xos yangicha yondashuvlar asosida faoliyat olib bormoqda.

Manzura MATRASULOVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining 2-bosqich talabasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
51
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta

08 Jun 02:26
 
147
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir

04 Jun 02:44
 
37
0
xs.uz

Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal