calendar 07 Feb 13:58
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qariyb 37 million so‘mlik tamaki sotganlar ushlandi

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda 2 nafar fuqaro daromad orttirish maqsadida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosini amalga oshirayotgani aniqlangan. 

Bildirilishicha, ushbu shaxslar hech qanday hujjatsiz 3 xil turdagi 2 ming 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano”  nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini boshqa bir fuqaroga 36 million 700 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, ularning yonidan jami 5 ming 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning dastlabki 6 oyida bojxona organlari tomonidan 155 ta huquqbuzarlik holatlarida 37,5 mlrd so‘mlik 1 mln 610 ming quti sigaret tovarlarining noqonuniy realizatsiyasiga chek qo‘yilgan.

Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 53 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, shuningdek 90 ta holatda ma’muriy ishlar yuritilib ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir nechta qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlash va muomalaga kiritishga urunish holatlari aniqlangani aytilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
63
0
xs.uz

Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida'maʼlum qilindi.Yaqinda 'Uzagro-star' xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.Bu kompaniyalar har b

18 Apr 11:07
 
20
0
xs.uz

18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu

20 Mar 12:53
 
60
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30

22 Mar 08:54
 
52
0
xs.uz

Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj

Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.​​Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.​​​​​Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch