calendar 07 Feb 09:15
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiyaga borayotganlar mahalliy qonunlarni buzish oqibatlaridan ogohlantirildi

image

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi va chet davlatlardagi qonunni bilmaslik ularni javobgarlikdan ozod etmasligini eslatdi. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni Bosh konsulxonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rasmiy bayonot e’lon qilindi.

“Oramizda chet elga vaqtinchalik yashashga yoki sayyoxat uchun chiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tushishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak. Ammo bu bilan cheklanmaydigan qiziquvchan sayyohlarimiz xam uchrab turadi. Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni obektiv orqali muhrlashga harakat qilib, ba’zida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin”, deyiladi xabarda. 

Bosh konsulxona har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib qoidalari borligini eslatdi va Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qat’iyan man qilinishini qo‘shimcha qildi. 

“Ayniqsa, mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas. Bu shaxsiy xayotga tajovuz, deb hisoblanidi”, deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinish mumkin.

“Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Moltepa tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas. Hozirda Bosh konsulxona fuqarolarimizni ozod etib, ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib bormoqda. Hurmatli vatandoshlar, muayyan bir davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan qiziqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, deyiladi bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Istanbuldagi Bosh konsulxona Turkiyada soxta guvohnomalar tayyorlab, firibgarlik qilayotganlardan ogohlantirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik

09 Oct 12:39
 
24
0
xs.uz

Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta