'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.
' Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chogʻida nafaqat tashqi, balki ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan topshiriqlar bergandi, ' deydi Buxoro viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi masʼul xodimi Bobur Toʻxsanov. 'Mazkur yoʻnalishning ochilishidan ayni shu maqsadlar koʻzda tutilgan. Bu kabi reyslarning yoʻlga qoʻyilishi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, sayyohlar sonining oshishiga, qimmatli vaqtni tejashga olib keladi, albatta. Qolaversa, biz 1-noyabrdan 30-noyabrgacha davom etadigan 'Keksalar uchun turizm oyligi' doirasida sharif shahrimizga Fargʻona vodiysidan koʻplab ziyoratchilar tashrif buyuradi, degan umiddamiz.
Aytish joizki, shu yilning 9 oyida mamlakatimiz hududlaridan 3,1 million nafar mahalliy aholi sayyoh sifatida kelib, Buxoroning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi. Yil oxiriga qadar bu koʻrsatgich 3,5 million nafarni tashkil etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligining yana bir ifodasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o'ziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag'irovni qabul qildi.Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug'ilgan, ammo umrining katta qismini O'zbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini o'zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik ko'rsatib kelmoqda. U ko'plab o'zbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga o'girgan. Xususan, yaqinda Sirojiddin Sayyidning 'Vaqt haykali' kit
Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda 'Norma.uz' xabar berdi.Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida
Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irod
Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''